$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

"Uxlayotgan ajdar" bilan navbatdagi yaqinlashuv

Gazli

O‘zbekistonning eng yirik – Gazli gaz saqlash omboriga egalik qiluvchi “Gazli Gas Storage”ning 60 foizlik ulushi Xitoyga tegishli bo‘lgan Daxon Holding Limited'ga sotilgani aytilmoqda. Ma'lumot uchun ushbu ulush avvalroq Rossiyaning “Forus” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo'lgan. 

Kutilmagan yangilik

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan investitsiya dasturida Daxon Holding Limited 2020–2025-yillarda “Gazli konida gazni yer ostida saqlash inshooti hajmini 10 mlrd. metr kubga oshirish, Gazli konining gaz va neft uyumlarida qo‘shimcha geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va ularni yakunlovchi bosqichda ishlatish (1-bosqich)” loyihasini amalga oshirishi belgilangan bo'lgan. Ajablanarlisi, gaz ombori boshqaruvchisining ulushi sotilgani, qanday shartlar asosida investitsiya kiritilgani haqida jamoatchilikka batafsil ma’lumot ham berilmagan. Aniqlanishicha, kompaniya 2019-yil 23-iyulda Gongkongda ro‘yxatdan o‘tgan.

Tashkil etilishi

Bundan avval “Gazli Gas Storage” yerosti gaz ombori sig‘imini 3 milliard kubometrdan 6 milliard kubometrga oshirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi. 2017-yilda esa, ombor sig‘imi 10 milliard kubometrga oshirilishi, bu borada Rossiyaning “Forus” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” bilan hamkorlik qilishi aytilgan edi. 2018-yil may oyida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” va “Forus” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan bo'lib, 2018-yil 17-oktyabrga kelib, “Gazli Gas Storage” MCHJ qo‘shma korxonasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Kompaniyaning 40 foiz ulushi “O‘ztransgaz” AJ, 60 foizi esa “Forus” AJga tegishli bo‘ladi. Qizig'i, bu vaqtga kelib “Forus” AJning tashkil etilganiga endigina 1 yil bo‘lgan.

Shubhalar 

2019 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ishchi guruh tuzilib, O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi holati o‘rganilgan edi. Tekshiruvlar natijasida taqdim etilgan hisobotda “Forus” AJga nisbatan jiddiy shubhalar borligi qayd etilgan. Xususan: kompaniya 2017-yilda atigi 10 ming rubl yoki o‘sha vaqtdagi kurs bo‘yicha 155 dollar ustav fondi bilan ochilgan; 

tashkil etilganidan buyon moliyaviy faolligi qayd etilmagan (ikki yil davomida kompaniyadagi mablag‘lar harakati 3 ming rubl yoki 46 dollar bo‘lgan); 

 gaz ombori sig‘imini oshirish kabi loyihalarni amalga oshirish tajribasi yo‘q. Shuningdek, aytilishicha, “Forus” to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish o‘rniga, majburiyatlarni “Gazli Gas Storage” MCHJga yuklagan holda kredit olishni rejalashtirgan.

Теги :
Jamiyat