Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +19° kechasi +11°

Andijonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bunda davlat manfaatlariga 8 mlrd. so‘mdan ziyodroq zarar yetkazilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Nazorat tadbiri

“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatida oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Bulardan birida, Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “J.M.S.” MChJ ga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasining gaz hisoblagichning kamera qismidagi ichki detallar davlat standartlari talablariga nomuvofiqlik holati aniqlanib, ta’minot korxonasiga jami 4 mlrd 78 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. 

Shu kabi yana bir holatda Qorasuv shahrida joylashgan “Sh.G.A.V.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasining gaz hisoblagichning kamera qismidagi ichki detallar davlat standartlari talablariga nomuvofiqlik holati aniqlanib, ta’minot korxonasiga jami 4 mlrd 843 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Jinoyat ishlari

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.