$
 12892.91
34.76
 14512.26
6.98
 160.34
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya tabiiy gaziga qaramligi tobora oshmoqda

Putin, Mirziyoyev, Tokayev

Mintaqadagi qator mamlakatlarda uglevodorod yoqilg‘ilarining tanqisligi kuchayib borayotgan bir pallada tabiiy ravishda iste’mol hajmi ham oshmoqda. 

O‘zbekiston

O‘zbekiston defitsitni bartaraf etish uchun 2023-yilning iyun oyida “Gazprom” bilan Rossiya gazini Qozog‘iston orqali tranzit orqali yiliga 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan edi. Mamlakat statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning o‘n oyida tabiiy gaz qazib olish 37,091 milliard kub metrni, o‘tgan yilning shu davrida esa 38,959 milliard kub metrni tashkil qilgan. 2024-yil fevralida Rossiya va O‘zbekiston gaz yetkazib berish hajmini 2,8 milliard kub metrdan 11,7 milliard kub metrga oshirishga kelishib oldi. 

Qozog‘iston

So‘nggi yillarda Qozog‘iston gaz qazib olishni biroz bo‘lsa-da oshirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq mamlakat rahbariyatining o‘zi mamlakatda iste’mol faol ravishda o‘sib borayotgani sababli defitsit o‘sishini prognoz qilmoqda. 2024-yilning 11 oyi davomida maishiy gaz iste’moli hajmi 18,2 milliard kub metrni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga ko‘p — 16,7 milliard kub metr. Ishlab chiqarish esa deyarli 0,2% ni tashkil etgan. Yaqin kelajakda Qozog‘iston mamlakatning shimoliy-sharqiy hududlarini gazlashtirishni amalga oshirish niyatida. Bu vaziyatda eng yaxshi variantlardan biri bu Rossiya gaz ta’minotidir.  

Qirg‘iziston

Rossiya mintaqaning boshqa mamlakatlari kabi Qirg‘izistonga gaz importi hajmini oshirgan. 2024-yilning yanvaridan oktyabriga qadar Qirg‘iziston tabiiy gazni ikki davlat – Rossiya va O‘zbekistondan import qilgan. Mamlakat milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ta’minotning 97% dan ortig‘i Rossiya Federatsiyasi orqali yetkazib beriladi. “Gazprom” 2023-yilda mamlakatga 276,3 million kub metr, 2024-yilda esa 410,4 million kub metr gaz yetkazib bergan. 

Qisqa qilib aytganda, Markaziy Osiyo mamlakatlariga gaz yetkazish va kelajakda ular orqali Xitoyga eksportni yo‘lga qo‘yish, Yevropa bilan aloqalar yomonlashgan bir pallada Rossiya uchun juda foydali bo‘lishi aniq

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot