$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Chin yurtiga rekord miqdorda gaz eksport qilgan

Gaz

O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksporti hajmi bo‘yicha davlatlar orasida beshinchi o‘rinni qayd etdi.

Gaz eksporti

"Новости Центральной Азии" axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Xitoyga 499 million dollarlik quvur gazi yetkazib bergan. Bu orqali O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksporti hajmi bo‘yicha davlatlar orasida beshinchi o‘rinni qayd etgan. Xitoy eng ko‘p Turkmanistondan gaz sotib olgan (7,4 milliard dollar), Rossiya ikkinchi o‘rinda (6,1 milliard dollar), Qozog‘iston uchinchi o‘rinda (1,05 milliard dollar). Undan keyin esa Myanma (1,04 milliard dollar) va O‘zbekiston (499 million).

Gaz qazib olish kamaygan

2024-yilning sentyabrida O‘zbekistonning yirik korxonalarida gaz qazib olish hajmi 3,55 mlrd. kub metrgacha kamaygan. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligining sanoat ishlab chiqarishi to‘g‘risidagi hisobotida aytiladi. Ko‘rsatkich 2023-yil sentyabr oyiga (3,77 mlrd.) nisbatan 5,8 foizga (220,5 mln. kub metrga), 2022-yil sentyabr oyiga (4,2 mlrd.) nisbatan 15,4 foizga kam hisoblanadi. Yanvar—sentyabr oylarida qazib olish hajmi 33,5 mlrd. kub metrga yetdi, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 4,8 foizga yoki 1,68 mlrd kub. metrga kam sanaladi. Gaz qazib olish hajmining kamayishi bir necha yillardan buyon davom etib kelmoqda. O‘zbekistonda elektr energiyasining 70−80 foizi gaz yoqish hisobiga ishlab chiqariladi.

Yoqilg‘i zaxirasi

Oktyabr oyi avvalida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘zining ijtimoiy-siyosiy mavzulari muhokamasi bilan tanilgan “Lolazor” podkastida mehmon bo‘lib, soha bilan bog‘liq bir qator ma’lumotlarni ochiqlagan edi. Xususan, Mirzamahmudov qish mavsumi uchun yoqilg‘i zaxirasini yaratish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Ma’lum bo‘lishicha, qish mavsumi uchun yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd. kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlangan. Solishtirish uchun bu o‘tgan yilgi hajmlarga nisbatan 1,1 mlrd. kub metr ko‘proq degani. Ma’lumot uchun, 2023-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonning “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgani ma’lum qilingan.

Теги :
Iqtisodiyot