$
 12557.56
-34.15
 14809.13
-12.57
 159.44
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

MDHdagi eng boy va taniqli o‘zbek jarrohi rossiyalik mashhur prodyuser o‘limida gumonlanmoqda

Gavrilov

O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyatida tug‘ilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Rossiyadagi eng taniqli va boy deya hisoblanuvchi plastik jarroh Timur Xaydarov moskvalik mashhur biznesmen va prodyuser Petr Gavrilov o‘limida gumonlanmoqda. 

Voqeaning boshlang'ich nuqtasi

Ma’lum bo‘lishicha, Gavrilov joriy yilning 17-fevral kuni poytaxtdagi eng mashhur plastik jarrohlikka mo‘ljallangan klinikalaridan biri "IQ Plastique"da operatsiya qilingan. Aniqlanishicha, operatsiya bemorning oshqozonini kichraytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, barcha jarayon odatdagidek va yaxshi o‘tgan. Biroq, uch kundan keyin prodyuser salomatligida muammolar yuzaga chiqa boshlaydi. Shundan so‘ng, u 20-fevral kuni tez yordamga murojaat qilib, ko‘krak va qorindagi og‘riqlar, nafas olish qiyinlashganidan shikoyat qiladi. Gavrilov shifokorlarning ogohlantirishiga qaramay, kasalxonaga borish va yotib davolanishni rad etadi. Keyinchalik og‘riq kuchayib, Gavrilov komaga tushib qoladi va vafot etadi. 

Rus matbuoti xabarlari

Hozirda vaziyat yuzasidan rus matbuotida turlicha ma’lumotlar tarqalmoqda. Misol uchun, bir qator rus Telegram kanallarida Gavrilov plastik jarroh Timur Xaydarov qo‘lida operatsiya qilingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Shunda so‘ng turli tarmoqlarda bir qancha shou-biznes yulduzlari jarroh bilan sodir bo‘lgan muvaffaqiyatsiz operatsiyalardan shikoyat qila boshlashgan. Jumladan, uning mashhur mijozlari — qo‘shiqchilar Slava va Uspenskaya shifokorni professionallikda ayblashgan. Tabiiy ravishda himoyaga otlangan yulduzlar ham yo‘q emas. Mashhur prodyuser Yana Rudkovskaya, vizajist Gohar Avetisyan va qo‘shiqchi Filipp Kirkorov uni qo‘llab chiqishgan. 

Tekshiruv ishlari

Yana bir qator ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlarning ko‘plab shikoyatlaridan so‘ng, Moskva va Moskva viloyatidagi tegishli tashkilotlar Timur Haydarovning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan "IQ Plastic" MChJ, "Jiemti" MChJ va "Olymp Clinic" MChJ tibbiy tashkilotlarida rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazadi. Va ularning barchasida litsenziyalash bo‘yicha majburiy talablarning qo‘pol buzilishi kuzatiladi. 

Advokat va jarroh fikrlari

Vaziyat yuzasidan jarrohning advokati jamoatchilik va OAVga Timur Xaydarovning biznesmenning o‘limiga aloqasi yo‘qligini, operatsiyani Timur emas, boshqa jarroh amalga oshirganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, advokat Xaydarov klinikasida o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng bemor boshqa klinikaga borgani va u yerda ham operatsiya qilinganini ta’kidlagan. 

Keyinchalik "IQ Plastique" klinikasi rahbari Timur Xaydarovning o‘zi ma’lum qilishicha, Petr Gavrilovning operatsiyasini jarroh Ilya Elagin amalga oshirgan.

Теги :
Jamiyat