$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda 7 kilometrlik gastronomik ko‘cha quriladi

Gastronomik ko

Toshkentning Olmazor tumanida yetti kilometrlik gastrol koʻchasi tashkil etiladi. Poytaxtning yana 26 ta koʻchasini savdo, koʻngilochar va xizmat koʻrsatishni oʻzida mujassam etgan tunu kun ishlaydigan hududlarga aylantirish rejalashtirilgan.

Mirziyoyev loyihani ma’qulladi

Xizmatlar sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida prezident Oʻzbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish masalasini muhokama qildi.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Olmazor tumanida gastronomik va turizm koʻchasini tashkil etish loyihasini maʼqulladi. Bu yerda Eski shaharning oʻziga xos meʼmoriy qiyofasini saqlab qolgan holda qoʻshimcha turizm infratuzilmasi obyektlari barpo etiladi.

7,3 kilometrlik ko‘cha

Unga koʻra, tumandagi 17 ta koʻchadan oʻtgan 7,3 kilometr yoʻlda 250 ta savdo va xizmat koʻrsatish obyekti qurilib, 1 ming 500 ta ish oʻrni yaratiladi. Bunday oʻzgarishlar natijasida tumanda tadbirkorlar koʻpayib, kunlik sayyohlar oqimi ortadi.

Tungi iqtisodiyotga qadam

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston mehmonlari tomonidan xizmat koʻrsatish obyektlarining kecha-yu kunduz ishlashi boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, sayyohlik va xizmat koʻrsatish obyektlarining kechki payt ishlashini taʼminlash zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, u poytaxtning yana 26 ta koʻchasini xizmat koʻrsatish obyektlari tunu kun ishlaydigan gavjum hududlarga aylantirish va 24/7 rejimida ishlaydigan savdo nuqtalarini koʻpaytirish mumkinligini aytdi.

Теги :
Jamiyat