Xorijdan o‘zbekistonliklarga o‘n minglab ish o‘rinlari taklif etilmoqda
Ish o‘rinlari Slovakiya, Xorvatiya, Vengriya kabi davlatlar tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, maosh summasi oyiga 2 500 yevrogacha ekani aytilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Ish o‘rinlari Slovakiya, Xorvatiya, Vengriya kabi davlatlar tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, maosh summasi oyiga 2 500 yevrogacha ekani aytilgan. Ish o‘rinlari uchun 20 dan 46 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimizga mo‘ljallangan, deydi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.
Slovakiya
5000 nafar avtomobil zavodida ishlovchi mutaxassisni;
1000 nafar ishlab chiqarish zavodlarida ishlovchi mutaxassisni;
500 nafar elektrik va payvandchini (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi);
350 nafar fura haydovchisini;
200 nafar kara haydovchisini;
Oylik maosh – 1000 yevrodan 2400 yevrogacha taklif etilmoqda.
Xorvatiya
Qurilish sohasi uchun betonshik, armaturshik, manalitchilarni;
Oylik maosh - 1000$ dan 2500$ gacha taklif etilmoqda.
Vengriya
Avto ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodi uchun mutaxassislarni;
Samsung zavodi omborlarida ishlovchi ishchilarni;
Atom elektrostansiyasi qurilishi uchun mutaxasislarni;
Oylik maosh - 1000 dollardan 1500 dollargacha taklif etilmoqda.
Rossiya
2000 nafar qurilish sohasi xodimlarini;
1000 nafar ishlab chiqarish xodimlarini;
Oylik maosh - 900 dollardan 2000 dollargacha taklif etilmoqda.



