Rossiyada oʻzbekistonlik yigitdan 800 ming rubl oʻmarishdi
Oʻgʻrilar Qirgʻiziston fuqarolari boʻlib, ular yigitga qurol va pichoq bilan tahdid qilishgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda to‘rt kishi O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab, undan 800 ming rubl talab qilishdi.
Voqea 23-aprelda sodir boʻlgan
Ma'lum bo'lishicha, 23-aprel kuni soat 17:00 atrofida "Nord" savdo-sotiq kompaniyasi avtoturargohida noma'lum to'rt kishi 23 yoshli O'zbekiston fuqarosini "Hyundai Solaris" rusumli avtomashinaga majburan oʻtkazishgan.
80 ming rubl pul va 60 ming rubllik telefon
"Erkaklar pichoq va to'pponcha bilan qurollangan edilar, shuning uchun yosh chet ellik ular bilan bahslashishga jur'at eta olmadi. Mashinada undan 800 ming rubl talab qila boshlashadi. Ariza beruvchida bunday pul yo'q edi. U noma'lum shaxslarga naqd 20 ming rubl berdi va yana 40 mingni kartaga o'tkazdi" - deyiladi nashrda.
Shundan so‘ng qurollangan hujumchilar yigitning 60 ming rubllik telefonini olib, noma’lum tomonga olib ketishgan.
Novoselyeda qoʻyib yuborildi
Nashrning taʼkidlashicha, yigitni kechqurun o'n birda Lomonosov tumanidagi Novoselye qishlog'i yaqinida qo'yib yuborishgan.
Hujum qilganlar kameraga olindi
Jinoyat qidiruv xodimlari ikki gumonlanuvchini hibsga olishdi. Ularning ikkisi ham 21 yoshli Qirg'iziston fuqarolari boʻlib chiqdi. Jinoyatchilarga tegishli protokollar tuzilib kameraga joylashtirildi.



