Maktabmi bu yoki qimorxona?
Toshkentda 8-sinf oʻquvchilari dars vaqtida qarta oʻynadi.
2 daqiqa o‘qiladi

Oʻquvchilarning ota-onalari va sinf rahbariga nisbatan tegishli tarzda chora koʻrildi.
Maktabda qarta o‘ynagan o‘quvchilar
Ijtimoiy tarmoqlarga Toshkentda maktab oʻquvchilari sinfda qarta oʻynagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Holat aprel oyida sodir bo‘lgan
Aniqlanishicha, holat joriy yilning 23-aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabida 8-"B" sinf oʻquvchilari tomonidan tarix fani darsi chogʻida sodir etilgan. Dars jarayoniga xalaqit qilib, "qartabozlik" qilgan toʻrt nafar oʻquvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma'muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
Ota-onalar va o‘qituvchi 47 ga “tortildi”
Oʻquvchilarning ota-onalariga MJtKning 47-moddasiga asosan jarima qoʻllanildi. 8-"B" sinf rahbari N.B.ga nisbatan intizomiy chora koʻrildi.
Vazirlik murojaat qildi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bu kabi holatlarda o‘quvchilar tarbiyasi uchun pedagoglar emas, balki ota-onalar ko‘proq mas'ul ekanligini ta’kidladi. Shuningdek,
“So‘nggi paytlarda ta'lim muassasalarida “Davomat”, “Tig” kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi ayrim ota-onalarga yoqmayotganligini yashirmaymiz.
Shunday ekan, sizlardan iltimos, farzandingizning faqat maktabga borishi emas, balki uning papkasida nimalar borligi, ko‘cha-ko‘yda kimlar bilan o‘rtoqligi, darslarni qanday o‘zlashtirayotganligi bilan ham qiziqsangiz ayni muddao bo‘lur edi. Ularning o‘smirlik davridagi o‘zgarishlar, qiziqishlarini nazoratga olish va farzandlarimizga zarur shart-sharoitlar yaratish kelgusida faqat yetuk insonlar bo‘lib ulg'ayishi uchun zamin yaratadi, xolos” deyilgan boshqarma xabarida.



