Samsungning S21 va bir qator modellar Android 16 yangilanishidan mahrum bo‘ladi
Kompaniya bunga sabab qilib modellarning eskiligini keltirmoqda. Android 15 negizidagi One UI 7 ushbu smartfonlar uchun oxirgi katta yangilanish bo‘lishi mumkin.
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung o‘zining ba’zi eski qurilmalari uchun dasturiy ta’minotni yangilashni to‘xtatishga tayyorlanmoqda. Android 15 negizidagi One UI 7 ushbu smartfonlar uchun oxirgi katta yangilanish bo‘lishi mumkin. Bu haqda GizmoChina portali kompaniyaning dasturiy ta’minot qo‘llab-quvvatlash siyosatiga tayanib xabar berdi.
Yangilanishlarni yo‘qotadigan modellarga quyidagilar kiradi:
· Galaxy S21 seriyasi
· Galaxy Z Fold3 va Z Flip3
· Galaxy A14 (shu jumladan 5G versiyasi)
· Galaxy M33, M14 (5G versiyasi ham)
· Galaxy F14
· Galaxy Tab S6 Lite (2022)
· Galaxy Tab Active 4 Pro
4 yillik yangilanish siyosati
Ushbu qurilmalar Android 16 yangilanishini olmaydi va One UI 7 ularning so‘nggi yirik yangilanishi bo‘lib qoladi.
Hozircha Samsung bu haqda rasmiy bayonot bermagan, ammo kompaniyaning avvalgi siyosatiga ko‘ra, bu smartfonlar to‘rt yillik yangilanish siyosati doirasida faqat Android 15 yangilanishi bilan cheklanib qolishi mumkin.
One UI 7 qachon chiqadi?
One UI 7 dastlab 2025-yil boshida Galaxy S25 seriyasi bilan taqdim etilishi kutilgan edi. Biroq ishlab chiqish jarayoni kechikkanligi sababli, u hozircha hatto Galaxy S24 smartfonlarida ham ishga tushmagan.



