$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangihayot tumanidagi omborda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Ombor

Toshkent shahar Yangihayot tumani ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan omborda kuchli yong‘in kelib chiqdi.

FVB xabari

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 24-avgust kuni soat 09:41 da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining biri omborxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushadi. Shundan so‘ng, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:48 da yetib borib, yong‘inni qurshab oladi. 

Tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida hozircha xabar mavjud emas

"Yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan", deb yoziladi boshqarmaning rasmiy sahifasida.