$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi xatolar kechirilmaydi

FIFA

Bugun yurtimiz mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining pley-off uchrashuvlari boshlanadi. Navbatdagi bosqichning ilk uchrashuvida Braziliya Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17:30 da start oladi. Kunning ikkinchi uchrashuv 20:00 da boshlanadi. Unda Niderlandiya va Ukraina o‘zaro bahs olib boradi.

Musobaqa O‘zbekistonsiz davom etadi

Futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionatining guruh bosqich bahslari nihoyasiga yetgach, endilikda navbat nimchorak final bosqichiga. Yakuniy natijalarga ko‘ra 16 ta terma jamoa keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Afsuski, ushbu bosqichda musobaqa mezboni — O‘zbekiston ishtirok etmaydi. Jamoamiz o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni olgan holda musobaqani yakunladi. 

1/8 final juftliklari

Portugaliya — Qozog‘iston (26-sentyabr, Andijon)

Argentina — Xorvatiya (27-sentyabr, Toshkent)

Tailand — Fransiya (27-sentyabr, Buxoro)

Paragvay — Afg‘oniston (25-sentyabr, Toshkent)

Niderlandiya — Ukraina (24-sentyabr, Toshkent)

Ispaniya — Venesuela (25-sentyabr, Andijon)

Braziliya — Kosta-Rika (24-sentyabr, Buxoro)

Eron — Marokash (26-sentyabr, Buxoro)