$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

Jahon chempionati o‘yinlarining jonli tomoshasi qanchaga baholanmoqda?

UZBBRA

Joriy yilning 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari yurtimizda futzal bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 

Chiptalarni qayerdan va qanchaga olish mumkin?

Shanba kuni rasman start oladigan jahon chempionati uchrashuvlari uchun chiptalar sotuvi avvalroq boshlangan edi. Hozirda chiptalar sotuvini amalga oshirish maqsadida barcha mezbon shaharlarda maxsus kassalar ishga tushirilgan. 

Chipta kassalari manzillari quyidagicha:

  • Toshkent shahri: Beshyog‘och-1
  • Buxoro shahri: Fathobod 55/1
  • Andijon shahri: Otabekova ko‘chasi, 13

Chiptalarning narxi 25 ming so‘mdan boshlanadi. Ularning narxi maydonning hududlariga qarab o‘zgarib boraveradi. Tomoshabinlarda chiptalarni futsal2024.uz saytidan onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati ham mavjud.

Musobaqa haqida

Musobaqada jami 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. Jamoalar to‘rttadan 6 guruhga bo‘lingan. Taqvimga ko‘ra, futzal bo‘yicha jahon chempionati 52 ta o‘yinni o‘z ichiga oladi. Shu o‘yinlarga Toshkentdagi "Humo Arena", Andijon va Buxorodagi universal sport majmualari mezbonlik qiladi. Ma’lumot uchun, "Humo Arena"da 27 ta uchrashuv o‘tkazilsa, Buxoro sport majmuasida 17 ta, Andijon sport majmuasi esa 8 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.