$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yana jarohat: O‘zbekiston katta yo‘qotishlar bilan tarixiy Mundialga kirishadi

FutzalTJ

O‘zbekiston futzal milliy jamoasining yurtimiz mezbonlik qiladigan JCH uchun yakuniy tarkibi ma’lum. Ma’lumki, 14-sentyabr kuni mamlakatimizda futzal bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionatiga start beriladi. Bundan 4 kun avval FIFA ishtirokchi terma jamoalarning yakuniy qaydnomasini e’lon qilgandi. Bugun O‘FA matbuot xizmati mamlakatmiz terma jamoasining yakuniy ro‘yxatini ma’lum qildi.

Yakuniy qaydnoma

Darvozabonlar: 1.Sunnat Anvarov ("Bunyodkor"), 12.Abbos Elmurodov (BMB).

O‘yinchilar: 2.Fazliddin Botirov (OKMK), 3.Mashrab Odilov (BMB), 4.Ixtiyor Ropiyev ("Oil Star"), 5.Muzaffar Ahadjonov (BMB), 6.Ilhom Hamroyev ("Oil Star"), 7.Anasxon Rahmatov ("Oil Star"), 8.Husniddin Nishonov ("Oil Star"), 9.Elbek To‘lqinov (OKMK), 10.Akbar Usmonov (BMB), 11.Abror Ahmetzyanov (OKMK), 13.Mehroj Xudoyberdiyev ("Dinamo"), 14.Samariddin Berkinov ("Dinamo").

O‘rtoqlik o‘yinidagi tushunarsiz o‘zgarish (alomat)

O‘zbekiston terma jamoasi 8-sentyabr kuni "Humo Arena"da Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Ushbu o‘yin arena qabul qilgan ilk futzal o‘yini sifatida tarixdan joy oldi. Shuning bilan birgalikda, bu o‘yin musobaqa tashkilotchilari uchun ham test vazifasini o‘tab berdi. O‘yin hech qayerda translyatsiya qilinmadi. Ushbu o‘yinni faqatgina "Humo Arena" majmuasiga borganlargina kuzata olishdi. E’tiborlisi, bahs davomida maydonga jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov tushirilmadi. Ikkinchi bo‘limda uning raqami ostida maydonga boshqa futzalchi, Anasxon Rahmatov tushurildi. Bugun e’lon qilingan tarkibdan ham ma’lumki, Dilshod Rahmatov jarohati tufayli yakuniy qaydnomadan o‘rin olmagan, uning o‘rniga tarkibga Anasxon Rahmatov jalb etilgan. Bu shundoq ham ko‘plab asosiy futzalchilarini yo‘qotgan terma jamoamiz uchun katta yo‘qotish.

Jarohatlar yomg'iri

Afsuski, Jahon Chempionati starti yaqinlashgani sari terma jamoamizning bir qator muhim o‘yinchilari jarohat olib, unda ishtirok etolmasligi aniq bo'ldi. Yuqorida ta’kidlaganimiz, jamoa sardori Dilshod Rahmatovdan tashqari yana bir qator muhim o‘yinchilarimiz Mundialni o‘tkazib yuborishi avvalroq ma’lum bo‘lgandi. Bular: Ravshan Eliboyev, Davron Choriyev va Sunnat Jo‘rayev. E’tibor bering, ushbu o‘yinchilarning barchasi asosiy tarkib vakillari va shu vaqtga qadar katta o‘yinlarda burilish yasay olgan yigitlar. Biroq biz endilikda o‘z yurtimizda o‘tadigan jahon chempionatini ularsiz boshlashga majburmiz. Barcha yuqori natijalaridan umidvor, ammo jamoaning bu holatidan kelib chiqib, vaziyatga real qaralsa, ushbu Mundial bizga ko‘proq yangi nomlarni ochish uchun xizmat qilib berishi mumkin.