$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Jahon Chempionati oldidan katta yo‘qotish

Futsal

Kuni kecha O‘zbekiston futzal terma jamoasi "Klerfonten" futbol markazida Fransiya futzal termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘zbekistonning yagona goliga 6-daqiqada Abror Ahmedzyanov mualliflik qiladi. 

Jarohat 

Yaqindagina jarohatidan tuzalib, safga qaytgan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboyev Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Tekshiruv natijalari uning barmog‘i singanini va bir qancha muddatga safdan chiqqanini ko‘rsatdi. Afsuski, futzalchimiz yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. "Ravshanning tezroq sog‘ayishini tilab, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz" - deyiladi O‘FA xabarida.

Jahon Chempionati

Ma’lumot uchun, FIFA qarori bilan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan. Prezident Mirziyoyevga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, turnir 3 ta shahar: Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 14-sentyabr - 6-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqaga 30 ming muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda.