$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Oqshom ertaklari: soniyalik qaror va Xil Mansano hushtagi yoxud "Без узбека нет камбэка"

Futbol 0403

Oʻtgan hafta oqshomida bir qator qiziqarli futbol voqeliklari yuz berdi. Legionerlarimiz uchun sermahsul oʻtgan hafta, bonusiga Yevrofutbol haqida mushohadalar. 

Qozogʻistondagi oʻzbeklar

Oʻtgan hafta Qozog‘iston va Rossiya chempionatlarida to‘p tepuvchi legionerlarimiz uchun omadli bo‘ldi. Qozog‘iston chempionatining amaldagi chempioni tarkibidan o‘rin olgan ikki legionerlarimiz Jasurbek Yaxshiboyev va Shaxboz Umarov Qozog‘iston chempionatining ilk turida "Ordabasы" safida asosiy tarkibda Qarag‘andaning "Shaxtyor" klubiga qarshi maydonga tushib, har ikkisi ham gol + assist amalga oshirishga erishishdi. 

Hafta oʻyinchisi

Yana bir legioner futbolchimiz Rustam Ashurmatov ham o‘yinning so‘ngi daqiqalarida kiritgan goli bilan o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Rossiya Primer Ligasining 19 - turida "Krasnodar" o‘z uyida Qozonning "Rubin" klubini qabul qilib durrangga "imzo chekdi" — 1:1. Ma’lumot uchun, ushbu jamoa tarkibida yana bir legionerimiz Umarali Rahmonaliyev ham harakatlanadi. U oxirgi vaqtlarda, afsuski, ko‘p vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazmoqda. Shunday bo‘lsa-da, umumiy hisobda ikki legionerimiz ham RPL va Rossiya Kubogi o‘yinlarida 14 ta o‘yinda (9 + 5) maydonda harakatlanishgan.

Soniyalik qaror

Shanba oqshomida, ehtimol, kelayotgan haftaning eng ko‘p muhokamasiga sabab bo‘luvchi vaziyat yuz berdi. Ispaniya chempionatining 27-turida "Real Madrid" safarda "Valensiya" bila o‘zaro ro‘baro‘ kelib, qo‘shib berilgan daqiqalarda bosh hakam Xesus Xil Mansanoning o‘yinni bahsli yakunlashi sabab durrang natijaga ko‘nishga majbur bo‘ldi. Mansano Madrid klubining hujumni yakunlashiga yo‘l qo‘ymay, final hushtagini chalib yubordi va bundan 2 soniya o‘tib, Bellinghem raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan so‘ng, tabiiy ravishda madridliklar hakamga o‘z e’tirozlarini bildirishdi va buning natijasida Ruddiger hamda Judga qizil kartochka ko‘rsatildi. 

Olli Uotkins ertagi

2-mart kechasida ham bir qator qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan "Aston Villa" Angliya chempionatining 27-turida mehmonda "Luton"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Qiziqarlisi, mezbonlar 0:2 hisobida yutqazayotib muvozanatni tiklashgandi, biroq birminghemliklar o‘yinning 89-daqiqasida to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketishadi. Alamli mag‘lubiyat. Yana bir e’tiborga molik jihat "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins gollar + paslar (16+10) bo‘yicha ayni vaqt bu mavsumda APLning eng yaxshisi bo‘lib turibdi. Undan keyingi pog‘onada Saloh (24) hamda Xoland (22) bor. Mavsum tugashiga 11 tur qolganida Uotkins "Aston Villa"ning Premer-ligada bir mavsum davomida mehmonda urilgan gollari soni bo‘yicha rekordini yangiladi (9) va bir mavsumda gol urish bo‘yicha klub rekordidan 3 taga yangilab qo‘ya oldi (19). 

Soʻnggi daqiqagacha... 

Bundan tashqari "Liverpul" ham "Nottingem"ga qarshi 40-yillik "qora an’ana"siga barham berdi. Klub 1984-yil oktabridan beri ilk bor safarda "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishga erishdi: 

DDLLDLDLDLDDLW 

Darvin Nunes o‘yinning 99-daqiqasida gol urib, klubning “Siti Ground”dagi 40 yillik seriyasiga barham berdi. Shunday qilib, "Liverpul" 63 ochko bilan APLdagi peshqadamligini davom ettiradi.

Теги :
Jamiyat