$
 12017.04
26.78
 13712.64
-25.8
 160.63
-1.6
weather
+26
Кечаси   +14°

“Vatan yutqazganida ham Vatan” – fotoreportaj

Futbol

23-iyun kuni kechki soat o‘nlar atrofida Toshkent shahri bo‘ylab “Bunyodkor” stadionigacha fotosayohat qilishni istadim. Ko‘chadami, metrodami, mashinadami — farqi yo‘q, deyarli barcha insonlar onlayn tarzda O‘zbekistonning Portugaliyaga qarshi o‘yinini tomosha qilayotgan edi. Hayajon, umid va asabiylik butun mamlakatni qamrab olgan, go‘yo xalqning o‘zi ham maydonda to‘p tepayotgandek tuyulardi.

Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronalduning ilk goli muxlislar uchun alamli bo‘ldi. Shunga qaramay, xalqimiz qolgan 84 daqiqadan umidini uzmadi va terma jamoamizdan yuqori natija kutishda davom etdi.

“Bunyodkor” stadioniga yetib borganimda Azizbek G‘aniyev allaqachon Portugaliya darvozasini ishg‘ol qilgan, muxlislar esa o‘zida yo‘q shod edi. Afsuski, VAR tekshiruvidan so‘ng gol bekor qilindi.

Ketma-ket urilgan gollardan keyin stadiondagi kayfiyat biroz sokinlashdi. Ammo 34 yillik orzu sari intilgan muxlislar bir lahza ham umidini yo‘qotmadi. Ular ekranga tikilgancha futbolchilarga omad tilashda davom etishdi. Shunday samimiy va ijobiy muxlislar borligi ham katta baxt.

Asosiy 90 daqiqa va unga qo‘shilgan yana 5 daqiqa davomida butun O‘zbekiston bu soniyalarni terma jamoamiz bilan birga yashadi.

Men esa aynan shu lahzalarning hissiyotlarini suratlarda muhrlashga harakat qildim.

Hujumchimiz Abbosbek Fayzullayevning quyidagi so‘zlari men uchun ushbu mundialning eng katta motivatsiyasiga aylandi:

“O‘zbekligimdan faxrlanaman. Yutgan paytimizda ham, yutqizgan paytimizda ham terma jamoa uchun borimizni berib o‘ynaymiz”.


Muallif: Xolida Musulmon

Futbol-1
futbol-2
futbol-3
futbol-4
futbol-5
futbol-6
futbol-7
futbol-8
futbol-9
futbol-10
futbol-11
futbol-12
futbol-13
futbol-14
futbol-15
futbol-16
futbol-17
futbol-18
futbol-19
futbol-20
futbol-22
futbol-23
futbol-24
futbol-25
futbol-26
futbol-27
Теги :
Jamiyat