Husanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogar yulduzlar qatoridan joy oldi
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2004-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan 20 yoshgacha futbolchilar orasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar 25 futbolchi nomini e’lon qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2004-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan 20 yoshgacha futbolchilar orasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar 25 futbolchi nomini e’lon qildi.
Yamal, Endriklar bilan bir qatorda...
Quvonarli tomoni, “Lans” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi AbduqodirHusanov ana shu 25 nafar futbolchilar orasidan joy oldi.
Husanovdan tashqari dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga “Barselona” futbolchilari Lamin Yamal, Gavi, Pau Kubarsi, “Real” futbolchilari Endrik, Arda Gyuler, “PSJ” futbolchisi Joau Nevesh va “Manchester Siti”dan Savinyo kabi allaqachon jamoasi yulduzlariga aylangan futbolchilar ham bor.
TOP-5 chempionatning eng yaxshi yosh himoyachisi
Shuningdek, mashhur Datamb.football portali joriy mavsumdagi eng yaxshi yosh himoyachilarning ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Yevropaning yetakchi chempionatlarida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida himoyaviy harakatlari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Abduqodir Husanovda bo‘lib turibdi.
Birinchi o‘rin bilan ikkinchi o‘rin orasida 23 ball farq
“Lans” futbolchisi 93 ball bilan yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni esa “Monako” himoyachisi Lamin Kamara (70 ball) egallab turibdi, kuchli uchlikni esa “Valensiya” a’zosi Kristian Moskera (68 ball) yakunlab bergan.
Reyting
Himoyaviy harakatlar bo‘yicha Yevropaning top-5 chempionatlarida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilarning reytingi:



