Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Siz bilgan taomning siz bilmagan tomoni

“Bir porsiya kartoshka fri iste’mol qilish 2,5 pachka sigaret chekish bilan barobar” degan fakt qanchalik rost?

3 daqiqa o‘qiladi

Siz bilgan taomning siz bilmagan tomoni

Me’yordan ortiq haroratda qovurilgan taomni ko‘p iste’mol qilish insonning qon bosimini oshishiga, ortiqcha vazn to‘plashiga sabab bo‘lishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bundan taomlardan hamma sevib iste’mol qiladigan taom bu, albatta, kartoshka frisi. Kartoshka fri haqida bir qancha tasdiqlangan, tasdiq topmagan faktlar tarqalgan. Bu borada hozir ham olimlar tomonidan izlanishlar olib boriladi. Olimlar e’lon qilgan yangi tadqiqot xulosalariga ko‘ra fri nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan.

Bezovtalikni 12 foizga oshiradi

11 yildan ortiq olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng, xitoylik olimlar qovurilgan kartoshka inson ruhiyatiga zararli degan xulosaga kelishdi. U bezovtalikka chalinish xavfini 12 foizga oshirarkan. Ayniqsa, tadqiqot olib borilganda bu holat yosh yigitlar orasida ko‘p kuzatilayotgani aniqlangan.

Jismoniy ta’siri

Shuningdek, qovurilgan yog‘li taomlar semirishga sabab bo‘lishi, ichki a’zolarning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Masalan, jigar ana shunday ta’sirlarga sezuvchan bo‘ladi. Shu bois yog‘li va qovurilgan ovqatlarni iste’mol qilishda me’yorga rioya qilish tavsiya etiladi.

Kartoshka fri vs sigaret

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda “bir porsiya kartoshka fri iste’mol qilish 2,5 pachka sigaret chekish bilan barobar. Kartoshka fri o‘zida akrilamid — isbotlangan kanserogen saqlaydi. Akrilamid moddasi bir pachka sigaretda 20 mkg, bir porsiya kartoshka frida 50 mkg ni tashkil qiladi” degan faktlar yuradi.

Bu ma’lumot o‘zi qachon paydo bo‘lgan? Keltirilgan fakt qanchalik rost? Akrilamid o‘zi nima?

Ikkisining tarkibidagi akrilamid miqdori

“Qovurilgan kartoshka fri zararliroq” mazmunidagi xabar ilk bor “Pikabu” blogida hech qanday asoslovchi manbalarsiz berilgan. Shundan keyin bu borada o‘rganishlar boshlanib ketgan. Ma’lumot uchun, o‘rtacha har bir sigaretda akrilamid moddasi 679,3 nanogram miqdorni tashkil qiladi. Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan baholangan kartoshka fridagi akrilamid miqdori har bir kilogramm uchun 20 dan 1068 mikrogramgacha, o’rtacha kilogramm uchun 303 mikrogramgacha bo‘lgan. Bu sigaretada kartoshka fridan ko‘ra ko‘proq akrilamid uchraydi degani.

Qovurish jarayonida paydo bo‘ladigan akrilamid

AQSh Oziq-ovqat va farmasevtika idorasiga ko’ra, akrilamid ba’zi oziq-ovqatlarda qovurish kabi yuqori haroratda pishirish jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddadir. Oziq-ovqat tarkibidagi akrilamid shakar va oziq-ovqatda tabiiy ravishda mavjud bo‘lgan aminokislotadan ajraladi; u atrof-muhitdan kelib chiqmaydi.

Tarkibida akrilamid bor oziq-ovqatlar qanchalik xavfli?

2010-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha ekspert qo‘mitasi (JECFA) akrilamid inson salomatligi uchun xavfli degan xulosaga keldi va qo‘shimcha uzoq muddatli tadqiqotlarni taklif qildi. FDA mutaxassislari baholashda ishtirok etdib, akrilamid xavfi bo‘yicha yangi tadqiqot ma’lumotlarini taqdim etdi.

Akrilamid ko‘proq qaysi mahsulotlarda uchraydi?

Akrilamid, ehtimol, ayrim ovqatlar tarkibida doim mavjud bo‘lgan. Biroq u birinchi marta 2002-yil aprel oyida ma’lum oziq-ovqatlarda aniqlangan.

Yuqori haroratda qovurib pishirish jarayoni akrilamid hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Qaynatish va bug‘lash odatda akrilamid hosil qilmaydi. Akrilamid asosan kartoshka mahsulotlari, don mahsulotlari yoki qahva kabi o‘simliklardan tayyorlangan oziq-ovqatlarda mavjud. Akrilamid sut, go‘sht va baliq mahsulotlarida hosil bo‘lmaydi yoki juda kam miqdorda hosil bo‘ladi. Umuman olganda, akrilamid yuqori haroratda uzoq vaqt davomida bitta yog’da qayta-qayta qovurilganda to’planishi ehtimoli ko‘proq.