$
 12632.22
22.05
 13478.58
-48.35
 134.39
-0.85
weather
+26
Кечаси   +14°

"MIBdan qarzingiz bor": firibgarlardan yangi hiyla

Telegram

Bir necha “shovvozlar” telegram messenjeri orqali fuqarolarni aldab, ularning kartasidagi pullarni o‘marmoqda.

“MIB dan qarzingiz bor, to‘lab qo‘ying”

Avvalroq ushbu holat bo‘yicha bir necha marta shikoyat bo‘lgan, hozirgi kunga kelib esa telegramda avj olib ketmoqda. Dastlab ular sizning ism-familiyangizni keltirgan holda, MIBdan ma’lum bir miqdorda qarzingiz borligi aytilgan xabarni telegramdagi shaxsiy akkauntingizga jo‘natishadi, keyin esa to‘lash uchun havola jo‘natishadi. Havolaga kirganda esa telefon hamda telegram akkauntni “vzlom” qilib, undagi pullarni yechib olishadi.

Bank hal qila olmaydi

Ushbu firibgarlarga aldanib qolgan bir necha kishi ijtimoiy tarmoqlarda bu haqida bildirishdi. Ularning birining aytishicha, buning qanday ro‘y berayotganligini bank ham bila olmagan hamda vaziyatni o‘nglash 3 oygacha vaqt olishi ham mumkin ekan.

Maxsus ilova jo‘natilsa, aslo o‘rnata ko‘rmang!

“Firibgarlar sizga 2 million 100 ming so‘m qarzingiz bor deb maxsus ilovani jo‘natishadi, agarda siz ushbu xabarni haqiqat deb o‘ylab o‘rnatsangiz, Ichki Ishlar logosi tushirilgan yozuv chiqadi, ushbu yozuvni ustiga bosishingiz zahoti ular telefoningizni egallab olishadi” – deb aytadi ushbu holatga tushgan fuqarolardan biri.

Asosan Uzcard kartalaridan pul o‘marilmoqda

Hozirda mavjud bo‘lgan holatlarga ko‘ra, ushbu jinoyat asosan uzcard kartalari bor telefonlarga kelib, shu kartadan pul yechilmoqda. Ayni paytda ushbu ish bo‘yicha ma’sullar hech qanday reaksiya bildirishmadi. Shuning uchun agarda ushbu profildan shu kabi xabarlar kelsa, shunchaki uni bloklab qo‘yish tavsiya etiladi.

“Arzon kredit”ga aldanib qolmang

Shuningdek, firibgarlar telegram tarmog‘i orqali turli xildagi kanallar va guruhlarga, “Yillik 6,5 foizlik kredit” degan xabarlarni tarqatib, odamlarning pullarini yechib olmoqda. Bu ishga Paymening hech qanday aloqasi yo‘q hamda ushbu ko‘rsatilgan foizdagi kreditlar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Теги :
Жамият