$
 12029.20
-43.76
 14065.74
-111.54
 160.26
-0.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Fransiya endi orzu emas: O‘zbekistonliklar uchun yangi loyiha boshlanmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yozida tajriba-sinov tariqasidagi yangi loyiha start oladi. Unga ko‘ra, 50 nafar nomzod mavsumiy ishlarda qatnashish uchun Fransiyaga yuboriladi.

Bu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, u muvaffaqiyatli amalga oshsa, kelgusida qamrov yanada kengaytirilishi ko‘zda tutilgan.

Uzumzorlardagi ish o‘rinlari

Fransiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (FNSEA) loyihaning asosiy hamkoriga aylandi. Aynan shu tashkilot bilan o‘zbekistonliklarni mamlakatdagi eng talabgir mavsumiy yo‘nalishlardan biri — uzumzorlardagi ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shaffof tanlov va ishga joylashtirish

Tanlov jarayonini tashkil etish va kelgusida ishga joylashtirishni ta’minlash maqsadida Fransiyaning “Sélect Recruiting Service” rekruiting kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Bu tizimni yanada aniqroq yo‘lga qo‘yishga imkon beradi: nomzodlarni saralash, hujjatlarni rasmiylashtirish va ish o‘rinlarini taqsimlash markazlashgan tartibda amalga oshiriladi.

O‘qish va ish bir vaqtda

Ta’lim yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. “CFA AC Paris” tashkiloti bilan hamkorlikda “ta’lim + ish” formatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Dastur asosan restoran biznesi sohasiga mo‘ljallangan bo‘lib, yosh mutaxassislarga bir vaqtning o‘zida kasb o‘rganish va daromad topish imkonini beradi.

Hamkorlikning kengayishi

Shuningdek, Fransiya bandlik xizmati (“France Travail”), Il-de-Frans hududi Savdo-sanoat palatasi va Parij davlat kasalxonalari tizimi (AP-HP) kabi bir qator fransuz davlat va tarmoq tuzilmalari bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat