$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Turli yo‘nalishlarda jahonning eng yaxshi futbolchilari aniqlandi

Musiala

Sport xabarlariga ixtisoslashgan nufuzli nashrlardan biri “FourFourTwo” eng yaxshi markaziy himoyachilar, hujumkor xavbeklar, markaziy yarimhimoyachilar hamda barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan iborat reytingni tuzdi. 

Eng yaxshi markaziy himoyachilar

Nashr jahon futbolidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar ro‘yxatini e’lon qilib, TOP-10likka quyidagilar loyiq ko‘rildi:

1. Virjil van Deyk, “Liverpul”

2. Antonio Ryudiger, “Real”

3. Vilyam Saliba, “Arsenal”

4. Gabriel Magalyaes, “Arsenal”

5. Alessandro Bastoni, “Inter”

6. Ibraxima Konate, “Liverpul”

7. Ruben Diash, “Manchester Siti”

8. Ronald Arauxo, “Barselona”

9. Markinos, PSJ

10. Natan Ake, “Manchester Siti”.

SPORF on X: "So who is the bigger talent out of the 3⃣? 🇩🇪 Florian Wirtz 🇩🇪 Jamal Musiala 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Jude Bellingham https://t.co/zxYnf7LdJ4" / X

Eng yaxshi hujumkor xavbeklar

Navbatdagi ro‘yxat jahonning eng yaxshi hujumkor xavbeklariga atalgan bo‘lib, unda Jamal Musiala 1-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Bellinghem va Virst uchlikdan joy olgan.

1. Jamal Musiala, “Bavariya”

2. Jud Bellinghem, “Real”

3. Florian Virts, “Bayer”

4. Koul Palmer, “Chelsi”

5. Antuan Grizmann, “Atletiko”

6. Martin Edegor, “Arsenal”

7. Dani Olmo, “Barselona”

8. Kevin de Bryuyne, “Manchester Siti”

9. Deyan Kulusevski, “Tottenxem”

10. Xavi Simons, “RB Leypsig”

PEDRI vs VALVERDE! Which Is Better? Skills Show! Goals&Assists! - YouTube

Eng yaxshi markaziy yarimhimoyachilar

Nashr yana bir yo‘nalishda jahondagi eng yaxshi markaziy yarimhimoyachilar reytingini tuzib chiqqan. Unda “Barselona” yarimhimoyachisi Pedri yetakchi bo‘ldi. 

1. Pedri, “Barselona”

2. Federiko Valverde, “Real”

3. Nikolo Barella, “Inter”

4. Bruno Gimaraes, “Nyukasl” 

5. Gavi, “Barselona”

6. Aleksis Mak Allister, “Liverpul”

7. Bernardu Silva, “Man Siti”

8. Deklan Rays, “Arsenal”

9. Uorren Zair-Emeri, PSJ. 

10. Fabian Ruis, PSJ.

MESSI, CRISTIANO, PELÉ Y MARADONA EN UN MISMO EQUIPO: El mejor XI de la  historia según los votos de France Football - SOMOS INVICTOS

Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilari

FourFourTwo avvalroq barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzib chiqqan edi. Unda birinchi o‘ringa “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi loyiq ko‘rilgan. Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Pele ikkinchi, argentinalik Diyego Maradona uchinchi o‘rinni egallagan. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Krishtianu Ronaldu (“Al Nassr”), Yoxan Kroyff, Ronaldo, Zinedin Zidan, Frans Bekkenbauer, Alfredo Di Stefano va Marko van Basten kirgan.

Теги :
Jamiyat