$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yilning eng yaxshi fotosuratlari e’lon qilindi

rasm

National Geographic jurnali sayyoramizning turli burchaklaridan fotograflar tomonidan suratga olingan eng yaxshi yovvoyi tabiat suratlarining yillik to‘plamini taqdim etdi.

“Har bir surat tabiatning go‘zalligi va uning nozik tuzilishini aks ettiradi. Ularni birgalikda ko‘rganda esa, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi flora va fauna boyliklarini asrash zarurligini eslatadi hamda atrofimizdagi dunyoning betakror qiyofasini yodga soladi”, deydi National Geographic bosh muharriri Natan Lamp.

Xususan, Fernando Fasiole ismli havaskor Braziliyaning Rio-Dose bog‘idagi yaguarlardan birini suratga olgan. National Geographic hisob-kitoblariga ko‘ra, bu turdagi yovvoyi mushuksimonlar o‘lkada o‘ntadan kamroq qolgan.

Brayan Skari Men shtati (AQSH) qirg‘oqlarida uch metrli oq akulani suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Mintaqada mazkur populyatsiyaning ko‘payishi 1972-yilda “Dengiz sutemizuvchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan keyin tyulenlar sonining oshishi bilan bog‘liq.

Karin Ayger gul ustida go‘yo dam olayotgandek ko‘ringan asalarini ko‘rib qolgan va ushbu holatni darhol kadrga muhrlagan. Foto Kaliforniyaning Devis shahrida olingan.

Janubiy Sudandagi olti millionlab antilopalarning ko‘chishi Afrika bog‘lari va Juba universiteti tadqiqotiga ko‘ra, dunyodagi eng yirik quruqlik migratsiyasi hisoblanadi. Ushbu voqelikni Markus Vestberg tasvirga olgan.

Stiven Uilks 18-36 soat ichida olingan yuzlab fotosuratlarni birlashtirib, Botsvanadagi suv havzasining ajoyib badiiy tasvirini yaratgan.

Uning Day to Night (“Tongdan tungacha”) texnikasidagi yana bir asari Malaspina bo‘g‘ozidagi (Kanada) dengiz sherlarini tasvirlaydi. Ilgari yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan bu tur himoya choralari tufayli asta-sekin o‘z sonini tiklamoqda.

Quyida ushbu to‘plamdan yana bir nechta ajoyib suratlarini havola etamiz.

Теги :
Jamiyat