$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Mundial sari hal qiluvchi yo‘l

UFA

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash turnirining 3-bosqichdagi ishtirokini boshlaydi.

O‘zaro o‘yinlar tarixi

Shu kunga qadar, ikki mamlakat vakillari o‘zaro 9 marotaba to‘qnash kelishgan bo‘lib, ularning 7 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, raqibimiz bor-yo‘g‘i bir marotaba bizni yenggan va bir uchrashuvda durang qayd etilgan. Terma jamoamiz raqib darvozasiga 18 ta gol kiritgan va 5 ta gol o‘tkazib yuborgan. Eng yirik hisobdagi g‘alaba - 4:0, 1998 va 2019-yillari qayd etilgan. 1998-yilda Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida milliy terma jamoamiz KXDRga qarshi ilk uchrashuvini o‘tkazgan. Ikki terma jamoa uchun ham musobaqadagi debyut uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozongan, terma jamoamiz safidagi gollarga esa Nikolay Shirshov(dubl), Andey Akopyans va Igor Shkvirinlar mualliflik qilgan.

Yo‘qotish

O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida KXDRga qarshi 1-tur uchrashuvi oldidan yo‘qotish yuz berdi. O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Abduqodir Husanov jarohat sababli ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. "Milliy jamoa Abduqodir Husanov jarohat sababli KXDRga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, futbolchimizning kichik jarohati jiddiy ko‘rinish olishidan saqlash maqsadida murabbiylar shtabi uni maydonga tushirmaslikka qaror qildi", - deyiladi tashkilot xabarida.

O‘zbekiston terma jamoasi JCH saralashining so‘nggi bosqichlarini qanday boshlagan?

Fransiya-1998| Yaponiya - O‘zbekiston - 6:3

Janubiy Koreya va Yaponiya-2002|BAA - O‘zbekiston - 4:1

Germaniya-2006|O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni - 1:1

JAR-2010|Qatar - O‘zbekiston 3:0

Braziliya-2014|O‘zbekiston - Eron 0:1

Rossiya-2018|O‘zbekiston - Suriya 1:0

Qatar-2022 saralashni ikkinchi bosqichda yakunlaganmiz.

O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi 1-tur o‘yini bugun, 5 sentyabr kuni Toshkentda soat 19:00 da boshlanadi.