FIFA reytingi yangilandi
FIFA milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshilab oldi.
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshilab oldi.
Yangilangan reytingdagi O‘zbekiston
FIFA 19-sentyabr kuni terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga o‘ra, sentyabr oyida JCH saralashi doirasida KXDR (1:0) va Qirg‘izistonni (3:2) mag‘lub etgan O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona yuqorilab, 1403,06 ochko bilan 60-o‘rinda qayd etildi. Bu Osiyoda 8-o‘ringa to‘g‘ri keladi. Milliy terma jamoa Osiyoda Yaponiya (16-o‘rin, umumiy reytingda 2 pog‘onaga yuqoriladi), Eron (19, +1), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (25, -1), Qatar (44, -10), Iroq (55) va Saudiya Arabistondan (56) keyin 8-o‘rinda bormoqda.
Osiyo terma jamoalari reytingi — Top-10
- 16. Yaponiya
- 29. Eron
- 23. Janubiy Koreya
- 25. Avstraliya
- 44. Qatar
- 55. Iroq
- 56. Saudiya Arabistoni
- 60. O‘zbekiston
- 68. Iordaniya
- 69. BAA
Umumiy reyting — Top-10
Umumiy reytingdagi eng katta o‘sish Kolumbiyada (7 pog‘onaga), eng katta pasayish esa Qatarda (10 pog‘onaga) qayd etilgan. Shuningdek, reytingni Argentina, Fransiya va Ispaniya terma jamoalari boshqarib bormoqda.
- 1. Argentina
- 2. Fransiya
- 3. Ispaniya
- 4. Angliya
- 5. Braziliya
- 6. Belgiya
- 7. Niderlandiya
- 8. Portugaliya
- 9. Kolumbiya
- 10. Italiya
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA reytingidagi eng yuqori natijasi 45-o‘rin bo‘lgan. U bu o‘rinda 2006-yil 22-noyabrdan to 2007-yilning 14-fevralgacha bo‘lgan. Jamoaning eng past natijasi esa 1996-yil noyabr oyida qayd etilgan — 119-o‘rin.




