$
 12559.26
-59.37
 14413.01
-103.46
 160.17
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Eldor Shomurodovning taqdiri hal bo‘ldi

Shomurodov

Yozgi transferlar oynasi davomida terma jamoamiz hujumchisiga turli klublar qiziqish bildirishdi. Juladan, Italiyaning “Kalyari”, “Parma”, “Venetsiya”, “Verona”, “Sampdoriya”, Turkiyaning “Trabzonspor”, AQSHning “Atlanta Yunayted” kabi jamoalari Shomurodovni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istagan edi. Biroq Shomurodov Bo‘rilar safida mavsumni davom ettiradigan bo‘ldi. 

Transferlar oynasi 

Avvaliga “Roma” rahbariyati, xususan, bosh murabbiy Daniele De Rossi so‘nggi bir yarim yilni boshqa klublarda ijarada o‘tkazgan o‘zbekistonlik forvardni yangi mavsum rejalariga kiritmaganini ochiq-oydin aytgan edi. Ta’kidlash joizki, yozgi transferlar vaqtida “Roma” mutasaddilari bir necha o‘yinchilardan qutilishga harakat qildi. Xususan, angliyalik hujumchi Temmi Abraxamni “Milan”ga o‘tkazish rejalashtirgan, klubga yetti yil xizmati singgan niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorpga o‘ziga boshqa jamoa topmadi va oxir-oqibat u bilan shartnoma bekor qilindi. Hujumkor futbolchi Edoardor Bove Germaniya chempionati vakili “Ayntraxt”ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda.

Shomurodov Rimda qoladi

Rim klubi mutasaddilari va murabbiylar shtabi ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar orasida faqatgina Eldor Shomurodov bo‘yicha rejasini o‘zgartirgan. Italiya manbalari bosh murabbiy Daniele De Rossi ishonchini oqlay boshlagan 29 yoshli o‘zbek futbolchisi ham transfer oynasi yopilishi arafasida o‘ziga bir necha klublardan chorlov bo‘layotganiga qaramay, “Roma”da qolishga va asosiy tarkibga kirish uchun kurashishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, insayder Nikolo Skira ham Eldor Shomurodov klub Artyom Dovbik bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, jamoada qolishga tayyor ekanligini qayd etgan. “Roma” joriy mavsumda A Seriya va Italiya kubogidan tashqari Yevropa Ligasi asosiy bosqichida ham ishtirok etadi. Qit’a miqyosidagi musobaqada “bo‘rilar” qur’a natijasiga ko‘ra, “Ayntraxt Frankfurt”, “Tottenxem”, “Sporting Braga”, “AZ Alkmaar”, “Dinamo Kiyev”, “Yunion Sen-Jilluaz”, “Atletik Bilbao” va “Elfsborg” bilan bahslashadi.