$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Shimoliy Koreya — O‘zbekiston o‘yini mojarosi

Shimoliy Koreya

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi Shimoliy Koreyaga qarshi safardagi o‘yini qaysi maydonda o‘tishi haligacha aniqlanmagan. Shimoliy Koreya Jahon Chempionatining ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi uy o‘yinlarini Laos mamlakatida, Yaponiyaga qarshi uy o‘yinini esa umuman o‘tkazmagandi. O‘zbekiston 19-noyabr kuni KXDRga qarshi safarda maydonga tushishi kerak, biroq ushbu safar O‘zbekistonga ma’qul emas. 

Guruhdagi vaziyat

Sentyabr oyi Osiyo qit’asida JCH-2026 saralashi 3-bosqich o‘yinlari start oladi. O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bosqichda "A" guruhida Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va KXDR bilan kurash olib boradi. Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston, Qatar, BAA va Qirg‘iziston futbol assotsiatsiyalari KXDR bilan safardagi o‘yinlarni neytral maydonda o‘tkazishni so‘rab OFKga xat yuborishgan. Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya Jahon Chempionatining ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi uy o‘yinlarini Laos mamlakatida, Yaponiyaga qarshi uy o‘yinini esa umuman o‘tkazmagandi. 

Stadion muammosi

Ayni paytda mezbon KXDR uchrashuvni Tailandda o‘tkazish varianti haqida o‘ylamoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi esa bahs Saudiya Arabistonida o‘tkazilishini xohlayapti. O‘zbekiston terma jamoasi JCH uchinchi saralash bosqichi doirasidagi yurishini 5-sentyabr kuni Toshkentda boshlaydi. O‘zbekiston shu kuni "Bunyodkor" stadionida aynan KXDRga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi, javob o‘yini esa 19-noyabr kuniga rejalashtirilgan.

Ularda bori — bizga orzu

Futboldagi Shimoliy Koreya deganda bugungi Y avlod xayolida kuchsiz va o‘yinlari har doim ham translyatsiya qilinmaydigan bir terma jamoa shakllansa, ajab emas. Haqiqatan ham bugungi KXDR mana shunday ahvolga tushib qolgan. Biroq bu terma jamoa boy tarixga ega. Ular bizning qorako‘zlar orzu qilib kelayotgan JCH final bosqichida ikki bor ishtirok etib ulgurgan. Bu natijaning dastlabkisi 1966-yilga borib taqaladi. O‘shanda shimolliklar Osiyo-Okeaniya o‘tish o‘yinida Avstraliya bilan bellashib, 6:1 hamda 3:1 hisobida zafar quchgan holda Osiyodan JCHning yagona ishtirokchisiga aylangandi. Ikkinchi ishtirok esa 2010-yil JARda o‘tkazilgan mundialga to‘g‘ri keladi. Bunda Shimoliy Koreya hal qiluvchi bosqichda Janubiy Koreyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab JCH yo‘llanmasiga ega chiqadi.