Bugun hammasi hal bo‘ladi
Bugun futbolchilarimiz Parijga “morojniy yeyish uchun” borishmaganini isbotlashlari kerak. Olimpiya terma jamoamiz hal qiluvchi o‘yinda Misr OTJga qarshi maydonga tushadi.
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun futbolchilarimiz Parijga “morojniy yeyish uchun” borishmaganini isbotlashlari kerak. Olimpiya terma jamoamiz hal qiluvchi o‘yinda Misr OTJga qarshi maydonga tushadi.
6 ochkolik bahs
Bugun O‘zbekiston OTJ olimpiya o‘yinlaridagi navbatdagi, 2-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Bu turda jamoaning masalasi hal bo‘lishi mumkin. Ushbu uchrashuv g‘olibi guruhda 2-o‘rin masalasini deyarli hal qilishi mumkin. Misr birinchi turda Dominikan bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, O‘zbekiston Ispaniyaga imkoniyatni boy bergan 1:2. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi va "Sport" telekanali orqali translyatsiya qilinadi.
Tarkibda o'zgarish
Shuningdek, Temur Kapadze jamoasi Misrga qarshi 2-tur oldidan qaydnomaga o‘zgarish kiritdi. "O‘zbekiston U-23 himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev oilaviy sabablarga ko‘ra milliy jamoa ixtiyorini vaqtincha tark etgandi. Shundan so‘ng O‘FA Yo‘ldoshev o‘rniga Alisher Odilovni qaydnomaga kiritish yuzasidan tashkiliy qo‘mitaga so‘rov yubordi va u qabul qilindi. Endilikda Odilov Misrga qarshi o‘yinda ro‘yxatdan o‘rin egallashi mumkin", — deb yozadi O‘FA matbuot xizmati.
Uchrashuvlar jadavli
Bundan tashqari, bugun Argentina Iroq bilan, Ukraina Marokash bilan, Fransiya esa Gvineya bilan o‘ynaydi. Bugun bo‘lib o‘tuvchi qolgan o‘yilar jadvali bilan tanishing.
Dominikan Respublikasi U-23 – Ispaniya U-23
27-iyul, 18.00, "Matmyut Atlantik"
Argentina U-23 – Irak U-23
27-iyul, 18.00, "Grupama Stedium"
Ukraina U-23 – Marokash U-23
27-iyul, 20.00, "Joffrua-Gishar"
O‘zbekiston U-23 – Misr U-23
27-iyul, 20.00, "Stad lya Bojuar"
Yangi Zelandiya U-23 – AQSH U-23
27-iyul, 22.00, "Oranj Velodrom"
Isroil U-23 – Paragvay U-23
27-iyul, 22.00, "Park de Prens"
Fransiya U-23 – Gvineya U-23
27-iyul, 23.59, "Alyans Rivera"
Yaponiya U-23 – Mali U-23
27-iyul, 23.59, "Matmyut Atlantik"



