O‘zbekiston Olimpiya jamoasining yakuniy tarkibi ma’lum
Timur Kapadze boshchiligidagi Olimpiya terma jamoasining yakuniy 18 kishilik tarkibi e’lon qilindi.
2 daqiqa o‘qiladi

Timur Kapadze boshchiligidagi Olimpiya terma jamoasining yakuniy 18 kishilik tarkibi e’lon qilindi. Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi C guruhidan joy olgan. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi.
Qo'shimcha imkoniyat
Ma'lum qilinishicha, yana 4 nafar futbolchi 18 kishilik tarkibdan kimdir jarohat olsa, o‘rniga tarkibga qo‘shilishi mumkin bo'ladi. Tarkibdagi birinchi raqamdan 18-raqamgacha bo‘lgan futbolchilar “zayavka”dagi futbolchilar sirasiga kiradi. 19—22-raqamdagi futbolchilar esa FIFA tomonidan ruxsat berilgan favqulodda holatlardagina jamoaga yordam berishi mumkin.
Yakuniy tarkib
O‘zbekiston Olimpiya termasining tarkibi:
1. Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
2. Saidzamat Mirsaidov (“Olimpik”);
3. Abduqodir Husanov (“Lans”);
4. Xusniddin Aliqulov (“Rizespor”);
5. Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”);
6. Ibroximxalil Yo‘ldoshev (“Qayrat”);
7. Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”)
8. Ruslan Jiyanov (“Navbahor”);
9. Husain Norchayev (“Neftchi”).
10. Jasur Jaloliddinov (“Neftchi”);
11. Oston O‘runov (“Persepolis”);
12. Vladimir Nazarov (“Paxtakor”);
13. Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”);
14. Eldor Shomurodov (“Roma”);
15. Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”);
16. Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”);
17. Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);
18. Abdurauf Bo‘riyev (“Paxtakor”);
Zaxira o‘yinchilari:
19. Ibrohim Ibrohimov (“Paxtakor”);
20. Alisher Odilov (“Olimpik”);
21. Bexruz Asqarov (“Paxtakor”);
22. Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”);
Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston U23 jamoasining ilk o'yini Ispaniyaga qarshi 24-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.



