$
 12279.48
13.71
 14508.21
16.2
 159.25
0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

“Grandlarimiz” mavsumga tayyormi?

Football

Kuni kecha o‘zbek klublari uchun OCHL musobaqasi rasman yakunlandi. “Nasaf”dan so‘ng “Navbahor” ham Osiyoning eng nufuzli musobaqasini tark etdi. Ikkisi ham minimal, 2:1 hisobida yengilishdi. Quyida mag‘lubiyat sabablari va Superliganing ehtimoliy va amaldagi grandlari qishki yig‘in vaqtidagi o‘rtoqlik o‘yinlarini qanday o‘tkazgani hamda o‘tkazayotgani haqida hikoya qilamiz. 

Yoqimsiz taqvim 

Bilasiz, OCHL o‘tgan yildan e’tiboran yangicha, kuz-bahor taqvimiga o‘tgan. Bu o‘zgarish ilk bor “Nasaf” misolida o‘zbek klublari uchun juda noqulay ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan edi. “Nasaf” va “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlar bizni yana shu jihatga to‘xtalishga majbur qilmoqda. O‘zbekistonda mahalliy chempionat o‘yinlar bahor-kuz taqvimida o‘tkaziladi. O‘z-o‘zidan bizning jamoalar OCHL pley-off, ya’ni, eng hal qiluvchi bosqichga kelganda o‘yin amaliyotisiz vaziyatda bo‘ladi. Qolgan jamoalar esa ayni formada bu bosqichga yetib keladi. Ko‘p ehtimol, pley-offdagi mag‘lubiyatlarning asosiy sababi ham shunda. 

Nazorat o‘yinlari 

Superliga startiga ham oz vaqt qolmoqda. Har yili Superliga jamoalari mavsum avvalidan Arab diyorlarida yoki Turkiyada mavsum oldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishadi. Yig‘in davomida turli davlat jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari ham o‘tkaziladi. SHu o‘yin natijalari hamda kartinasiga qarab klubning endilikdagi rejalari va holati haqida dastlabki o‘y-fikrlarga kelish mumkin. SHunday qilib, amaldagi chempion “Paxtakor” Turkiyadagi yig‘ini davomida 8 ta nazorat o‘yini o‘tkazib, biror marotaba zafar qucholmadi. Jamoa 4 o‘yinda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, yana 4 o‘yinda durrang natija qayd etgan. CHempion bo‘lishga asosiy da’vogar bo‘layotgan “Nasaf” va “Navbahor” ham yig‘in davomida bir qancha nazorat bahsi o‘tkazdi. “Nasaf” Antaliya shahrida o‘tgan yig‘inda 10 o‘yinda maydonga tushib, 7 o‘yinda g‘alaba, 2 o‘yinda durrang va 1 o‘yinda durrangga imzo chekkan. “Navbahor” ham bir qancha o‘yinlarda maydonga tushdi, ammo barcha o‘yinlar haqida ham aniq ma’lumot mavjud emas. SHu sabab, bu klub natijalari bilan tanishtirishni maqbul ko‘rmadik.