$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbek futbolida katta o‘g‘rilik

Futbol soqqa

O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi buxgalteri tashkilotga tegishli bo'lgan pullarni o'zlashtirib, Turkiyaga qochib ketgan. Saytimiz tahririyatiga bundan chamasi bir hafta avval ma’lum bo‘lgan ma’lumot bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Biz ma’lumot tasdiqlanishini kutayotgan bir mahalda ushbu xabar turli tarmoqlarga mish-mish o‘laroq tarqalib ulgurdi. 

4 milliardlik yo'qotish

Unga ko'ra, O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi buxgalteri tashkilotga tegishli bo'lgan 350 ming AQSH dollarini, ya'ni, o'zbek so'mida taxminan 4 milliardga yaqin summani o'zlashtirib, Turkiya davlatiga qochib ketgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, buxgalterga nisbatan jinoiy ish ham ochilgan. SHuncha voqealar bo'lib o'tganiga qaramay, O'FA matbuot xizmati hali-hanuz o'z sahifasida bu ish haqida lom-mim demagan.

OFK tomonidan qo'llangan jarima pullari

Ma'lumot uchun, bundan bir oy avval OFK tartib-intizom qo‘mitasi ikki kun ichida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Nasaf"ga qarshi 3ta qaror qabul qilib, O‘FAni 5000 dollar va Qarshi klubini 50375 dollar miqdoridagi jarimaga tortgan edi. O'FA jazolanishiga sabab, Suriyaga qarshi Osiyo Kubogi 1-tur o‘yiniga muxlislar tur agentliklar reklamasi tushirilgan futbolkalarda kelgan edi. Bungacha noyabr oyida Afg‘onistonga qarshi U-23 Osiyo Kubogi saralash o‘yinida uch muxlis maydonga tushib ketgani uchun O‘FAga yan 15 000 dollar jarim solingandi.