$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Sirdaryolik "kichkina shahzoda" Osiyo Kuboginig eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lishi mumkin

Fayzullayev

OFK rasmiy sayti Osiyo Kubogi-2023 ning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlamoqda. 

Nomzod yosh iqtidorlar ro'yxati

Qiziqarlisi, so‘rovnomada O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev ham nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Ushbu sovrin uchun nomzodlar ro‘yxati quyidagicha: 

Abbosbek Fayzullayev (O‘zbekiston) 

Li Kan In (Koreya Res.) 

Ali Jassim (Iroq) 

Takefusa Kubo (Yaponiya) 

Abdulloh Radif (Saudiya Arabistoni) 

Jordan Bos (Avstraliya) 

Ali Olvan (Iordaniya) 

Marselino Ferdinan (Indoneziya) 

Arif Ayman (Malayziya) Sulton Adil (BAA)

Sirdaryolik "kichkina shahzoda"

Abbosbek Fayzullayev — hamyurtlarimizning “erkatoy”iga aylanib bo‘lib, endilikda moskvaliklarning ham yoqimtoyiga aylanib borayotgan Abbosbek Fayzullayevning faoliyatida tinimsiz o‘sish kuzatilmoqda. Abbos o‘tgan mavsumni “Paxtakor” safida boshlab, hozirda Moskvaning “SSKA” klubi sharafini himoya qilmoqda. Abbos "sherlar" tarkibida 6 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, ikki gol va bitta assistga mualliflik qildi. Shundan so‘ng, garchi ko‘pchilik uning transferiga ishonchsizlik bildirgan bo‘lishiga qaramay, moskvaliklar safida porlashni boshladi. Abbos SSKA tarkibida bugunga qadar barcha musobaqalar doirasida 7 gol va 10 assist muallifi bo‘ldi. Shuning bilan birga, Abbos 6 ta o‘yinda eng yaxshi o‘yinchisi va klubida bir qancha oyning eng yaxshi o‘ynchisi bo‘lishga ham ulgurdi. Abbos asosiy va yoshlar terma jamoalarimiz safida 25 o‘yinda maydonga tushdi va 8 gol hamda 1 assist muallifiga aylandi. Shuninngdek, Abbos o‘z tengqurlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogining chempioni va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi hamdir.

Transfer borasida

Ma'lum bo'lishicha, qishki transfer oyinasida Abbosbek Fayzullayevga MLS chempionatining «Sent-Luis Siti» klubi qiziqish bildirgan. Ammo o‘zbekistonlik futbolchi bu taklifga rad javobini beradi. Abbos faqat Yevropa klublaridan tushadigan taklifni ko‘rib chiqish niyatini borligini ma’lum qilgan.