$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Baxtiyor Fozilov Farg‘ona NQIZ aktivlarining bir qismini 140 mln. AQSh dollariga sotdi

Baxtiyor Fozilov

Gazworld sayti “Farg‘ona NQIZ” MCHJ zavodi ishlab chiqarish aktivlarini bir qismini 140 million AQSH dollariga Air Products kompaniyasi sotib olganini ma’lum qildi. 

Modernizatsiya ishlari

Farg‘ona neftni qayta ishlab chiqaruvchi zavodining saytida keltirilishicha zavod 2020-yil “Saneg” tarkibiga kiritilgandan buyon modernizatsiya qilinmagan. Endilikda, dunyoning yetakchi vodorod ishlab chiqaruvchi “Air Products” kompaniyasi zavodni modernizatsiya qiladi va ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu loyiha O‘zbekistonning sanoat bozorlarida vodoroddan tijorat maqsadlarida kengroq foydalanish uchun imkoniyat eshiklarini ochishi aytilmoqda.

“Saneg Air Products bilan mustahkam munosabatlarga ega”

“Air Products bilan kelishuv vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi bilan birgalikda Farg‘ona NQIZni modernizatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli rejalarimizni amalga oshirishning yana bir bosqichini yakunlaganini anglatadi. Saneg Air Products bilan mustahkam munosabatlarga ega, uning yuqori texnologiyalarga sodiqligi va tajribasi O‘zbekiston neft-gaz sektori salohiyatidan maksimal darajada foydalanishimiz va shu bilan birga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishimiz uchun zamin yaratadi. Kelishuv doirasida birgalikdagi ishlarimiz O‘zbekiston hukumatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri – ichki vodorod yetkazib berishni ko‘paytirish orqali davlatning energetika xavfsizligini mustahkamlashga erishishda muhim omil rolini o‘taydi”, — deydi Saneg asoschisi Baxtiyor Fozilov.

Air Products O‘zbekistonga energiya mustaqilligiga erishishga yordam beradi

Air Products boshqaruvi raisi, prezidenti va bosh direktori Seyfi Gasemining ta’kidlashicha: “Air Products dunyoning eng yirik vodorod yetkazib beruvchisi hamda vodorod yoqilg‘isi infratuzilmasi bo‘yicha yetakchi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab vodorod qurilmalari uchun xavfsiz va ishonchli yechimlarni taklif qiladi. Vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarimiz va tajribamiz Farg‘ona zavodi imkoniyatlarini kengaytiradi, Markaziy Osiyoda neft-gaz sohasining rivojini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonga yanada yuqori barqarorlik darajasiga hamda energiya mustaqilligiga erishishga yordam beradi. Shu bilan birga Respublikaning ekologiya borasidagi kelajagiga hissa qo‘shadi.”

Air Products va “O‘zbekneftgaz” AJ 

Ma’lumot uchun, 2023-yilning may oyida Air Products kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” AJ bilan Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gaz va sintez-gazni qayta ishlab chiqaruvchi zavodga egalik qilish va boshqarishni ko‘zlovchi 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya shartnomasini imzolagan edi. Gas World Business Intelligence ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston sanoat gazi bozori 53,6 mln. AQSH dollari miqdorida daromad qilgan.

Saneg haqida

Ma’lumot uchun, 2021-yilda Baxtiyor Fozilov 2017-yilda tashkil etilgan Jizzax Petroleum neft kompaniyasining hammuallifiga aylanadi va uning nomi “Sanoat Energetika Guruhi” (SEG, keyinchalik Saneg) deb o‘zgartiriladi. 2021 yilda ushbu kompaniya 105 ta neft konlari uchun litsenziya oladi, bu esa uni O‘zbekistondagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylantirgan. 2022-yilda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini 100 million dollarga sotib olganidan so‘ng respublikadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga aylandi. 2022-yilning o‘rtalariga kelib, Saneg O‘zbekistondagi eng yirik vertikal integratsiyalashgan neft va gaz kompaniyalaridan biriga aylandi, u neft qazib olishning qariyb 80 foizini va tasdiqlangan zaxiralarining qariyb 22 foizini tashkil etdi. 2022-yil oxiriga kelib, Saneg‘ga tegishli tasdiqlangan neft zaxiralari hajmi sezilarli darajada oshdi – iyun oyida O‘zbekistondagi Zarafshon vodiysidasida (Navoiy viloyati) eng yirik o‘ta yopishqoq neft va bitum koni Yangi O‘zbekiston (taxminan 100 million tonna neft) topildi. 2020-yilda jami ishlab chiqarish hajmi 498,7 ming tonna neft va 497,4 million m3 tabiiy gazga yetadi.