$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

8 - mart "gul"lar bayramimi yo gulchilar?

Gul bozor

Bahorning ilk bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida O‘zbekistonning barcha hududlaridagi gul bozorlari-yu gul do‘konlarida narxlar keskin oshadi. “Daryo” nashrining muxbiri bayram arafasida poytaxt tumanlaridagi gul bozorlari va do‘konlarida bo‘lib, gullarning narx-navosini o‘rganibdi.

Yakkasaroy va Chilonzor

Ma'lum bo'lishicha, muxbir dastlab Yakkasaroy tumanidagi gul bozorida bo‘lgan va u yerda bir dona atirgul xarid qilish uchun 80-90 ming, ba’zi do‘konlarda esa 100 ming so‘mgacha pul sarflash kerakligiga guvoh bo‘ladi. Odatiy kunlarda 100-150 ming so‘mga sotilgan guldastalar narxi 300-350 ming so‘mgacha oshib ketgan. Atirgullardan iborat guldastalar esa 800 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha, dabdabali ko‘rinishiga qarab esa undan ham qimmatiga oshgan. Chilonzor tumanidagi gul bozorida esa 1 dona atirgul ko‘rinishiga qarab, 60 ming so‘mdan 85-90 ming so‘mgacha bahonlangan. Atirgullardan iborat guldasta ham Yakkasaroydagi kabi 800 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha oshgan. 

Talabga qarab, taklif qilamiz

Bayram kuni bo‘lishiga qaramasdan, bizda narxlar unchalik oshmadi. Nari borsa 30-40 foizga oshgandir. Odatiy kunlarda guldastalarimiz 150-170 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, bayram arafasida 230-250 ming so‘mga oshirildi. Talabga qarab, taklif qilamiz, — deya ma'lum qilgan gul sotuvchilaridan biri muxbirga. 

Hududda golland atirguli deya sotilayotgan gullarning donasi 65-80 ming so‘m baholanayotgan bo‘lsa, golland lolasi deyilayotgan gullarning donasi 23-25 ming so‘mdan sotilgan.

Yunusobod va Mirzo Ulu'bek

Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan, xalq tilida “Universam” bozor deb nomlangan oziq-ovqat va dehqon bozoridagi gulchilar Chilonzor va Yakkasaroy tumanidagi gulchilarga nisbatan gullariga pastroq narx qo‘ygan. Ushbu bozorda atirgullarni ko‘rinishiga qarab 60 ming so‘mgacha bo‘lgan nisbatan arzon narxda xarid qilsangiz bo‘ladi. Lolalarni esa 20 ming so‘mdan sotib olishingiz mumkin bo'ladi. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Navro‘z” dehqon va oziq-ovqat bozoridagi gul bozorida gullar Chilonzor va Yakkasaroy tumanidagi gullarga nisbatan ancha arzon narxda sotilgan. Ushbu bozordan atirgulning donasini 30 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotib olish mumkin. Guldastalar ham 150 mingdan 300 ming so‘mgacha baholangan. Atirgullardan iborat guldastalar esa 500-600 ming so‘mgacha sotilgan. 

Qiziqarli marketing

Poytaxtdagi savdo do‘konlarida lolalarning donasi 16 ming so‘mga ham yetmagan arzon narxda sotilmoqda. Biroq bu arzon gullarni donalab emas, kamida 11 tadan iborat guldasta holida xarid qilishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa kamida 175 ming so‘m pul to‘lash lozim bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat