$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘tgan yili fuqarolik jamiyati institutlariga 16 milliard so‘mlik grantlar ajratildi

fji

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada shaffoflashtirish maqsadida 2024-yil 26-avgustda Prezident farmoni bilan Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi qayta tashkil etildi. Shu asosda jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzilib, fuqarolik jamiyatini yangi mexanizmlar asosida qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatildi.

O‘tgan 2024-yilda inson huquqlari, korrupsiyaga qarshi kurash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, bandlik va boshqa dolzarb sohalardagi loyihalar moliyalashtirildi. Ayniqsa, madaniyat va turizmni rivojlantirish, nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha muhim tashabbuslar amalga oshirildi.

Davlat grantlari qaysi loyihalarni qo‘llab-quvvatladi?

Joriy yilning eng muhim grant loyihalaridan biri – “Qoraqalpoq etno ovuli” tashkil etildi. Madaniyat va turizmni rivojlantirishga qaratilgan bu tashabbus xalq an’analarini saqlash va targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Sog‘liqni saqlash sohasida esa Nukus shahrida og‘ir bemorlarga shifoxona xospisi tashkil qilindi va uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.

Nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash doirasida Namangan viloyatida 100 nafar fuqaro dori-darmon va ortoped mahsulotlari bilan ta’minlandi. Bandlik va kasb-hunarga o‘qitish sohasida 1093 nafar fuqaro malaka oshirish kurslariga jalb qilindi.

Infratuzilmani yaxshilash borasida ham bir qancha loyihalar amalga oshirildi. 6 ta xonadonga issiqxona qurib berildi, 290 ta xonadonning suv ta’minoti yaxshilandi, 14 ta xonadonga quyosh panellari o‘rnatildi, 8 ta mahallada yo‘llar ta’mirlandi. Ushbu loyihalar aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

Davlat ijtimoiy buyurtmalari natijalari

Davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovida jami 57 ta tashkilot ishtirok etdi va 12 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalarga 23 milliard 250 million so‘m ajratildi. Natijada bir qancha hududlarda ijtimoiy muammolarga yechim berildi.

Yashnabod tumanidagi 103-sonli maktab-internat va Marg‘ilondagi 22-sonli internat kasbiy ta’lim ustaxonalari yangi asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. Bu o‘quvchilarga turli kasblarni o‘rganish imkonini yaratdi. Shuningdek, Shofirkon tumanida yangi ishlab chiqarish tsexi qurilib, 20 ta ish o‘rni yaratildi.

Ichimlik suvi ta’minoti borasida ham muhim o‘zgarishlar bo‘ldi. Narpay tumanining “Muqimiy” mahallasi hududida 668 ta, Oqoltin tumanidagi “Obod” mahallasida 4500 ta, Denov tumanining “Oqtom” mahallasida esa 415 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Bandlik va kasb-hunarga o‘qitish loyihalari doirasida Qoraqalpog‘iston, Andijon va Buxoroda 1545 nafar ishsiz fuqaro malaka oshirish kurslariga jalb etildi. Ayollar bandligini ta’minlash maqsadida “Kasana.uz” platformasi ishga tushirilib, 15 ming xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasida ham yangi tashabbuslar amalga oshirildi. Qo‘qon shahri tug‘ruq kompleksi qoshida Reproduktiv salomatlik markazi tashkil etildi. Ona va bola salomatligi markazining Qashqadaryo filiali 10 ta zamonaviy kuvez apparati bilan ta’minlandi. Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Forish tumanlararo OIV laboratoriyalariga avtoklav va rentgen apparatlari yetkazib berildi.

Ekologik loyihalar doirasida Navoiy viloyatining 16 ta mahallasida quyosh panelli chiroqlar o‘rnatildi.

Теги :
Jamiyat