$
 12904.51
-33.42
 14575.64
-89.5
 161.99
0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Ramazon oyidagi fitr sadaqasi, fidya va zakot miqdori ma’lum

roza fitr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi joriy yilning Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarorlar qabul qilgan. 

Zakot nisobi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi joriy yilning Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarorlar qabul qilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati axborot berdi. Mazkur qarorga muvofiq, Ramazon oyi uchun oltin qiymatidan zakot nisobi 40 000 000 (qirq million) so‘m etib belgilangan. Zaruriy ehtiyojidan tashqari bu yoki bundan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon jami mablag‘ining qirqdan birini (2,5 foizi) zakot niyatida haqdorlarga berishi ma'lum qilingan.

Fitr va fidya miqdori

Fitr sadaqasi 2 kilogramm bug‘doy (o‘n to‘rt ming), 4 kilogramm arpa ( yigirma ming so‘m), 2 kilogramm mayiz (bir yuz o‘n ming so‘m), 4 kilogramm xurmo (bir yuz sakson ming so‘m) hisobida belgilandi. Qarorda ushbu mahsulotlarning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘lishi urg‘ulangan. Fidya miqdori ham fitr sadaqasi miqdori bilan bir xil bo‘lishi qayd etilgan.

Ramazon oyi

O‘tgan haftada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445-yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024-yil 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga kelgan.

Теги :
Jamiyat