$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda restoran administratori mijozlarni chuv tushirdi

Restoran

Toshkent shahar ichki ishlar bo'limining xabariga ko'ra, bir nechta to‘y egalari achinarli aldov qurboni bo‘lgan.

 Firibgar qanday yo‘l tutgan? 

Restoran administratori to'y tadbirlarini tashkil etish bo'yicha buyurtmalarni qabul qilib, sanalarni kelishib oladi, menyu tuzishda yordam berar va oldindan to'lov (avans) qabul qilardi. Ammo, marosim kuni kelganda, mehmonlar qorong‘u zalda, bo‘sh stollar va taomlarsiz kutib olinardi. Shu tariqa, mijozlar ham to‘y marosimidan ham mablag'laridan ayrilishadi. 

 Jabrlanuvchining guvohligi 

Aldanib qolgan to‘y egalaridan biri bo’lgan voqea haqida so’zlab berdi. 

“Biz restoranga keldik, chiroqlar o'chirilgan, stollar bo‘sh, hech narsa yo'q edi. Men hayratda qoldim”, – deydi u.  

Aybdorning bayonoti 

Aniqlanishicha, firibgar sakkiz nafar mijozni aldab, ulardan jami 66 million so'm va 7,4 ming dollar miqdorida pullar olgan. So‘roq jarayonida aybdor shaxs mijozlardan olgan pullarni o'z shaxsiy ehtiyojlariga sarflaganini tan oldi.  

“Men to'y zalini ijaraga oldim, yangi ish boshlashga va biznesmen bo'lishga umid qilardim. Bir ayoldan 2,1 ming dollar, boshqa ayoldan 20 million so'm va yana bir mijozdan 15 million so'm pul olganman. Barcha olgan pullarni o'z shaxsiy ehtiyojlarim uchun sarflaganman, chunki bozorda qarzlarim bor edi. Men xatamni tushundim va pul topib, qarzlarimni yopishga intilaman. Men juda uyatdaman, bunday ishga kirib qolganim uchun. Iltimos, meni kechiring”, – deydi firibgar. 

 Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Firibgarga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (tovlamachilik) bo'yicha ish qo‘zg‘atilib, tergov ish olib borilmoqda. Aybdorga nisbatan hozirda hibsga olish chorasi qo‘llanilgan.

Теги :
Jamiyat