$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Internetda joylangan filtrli suratlar insonlarda qanday taassurot uyg‘otadi?

filtr

Zamonaviy dunyoda ijtimoiy tarmoqlar odamlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Bir qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan suratlarga qo‘shilgan filtrlar yoki retush texnologiyalari shaxsni qanday qabul qilishga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar esa filtrlar insonlar o‘rtasidagi munosabatlar va ularning tasavvurlariga qanchalik ta’sir qilishini yaqqol ko‘rsatdi.

Filtrli suratlar ayollar “ahmoq” qilib ko’rsatadi

Ma’lum qilinishicha, o’tkazilgan tadqiqotda ishtirokchilar filtrlangan va filtrsiz suratlarga baho berishdi. Qizig‘i shundaki, ayollar suratlari filtrlar bilan berilganda, erkaklar ularni aqllilikdan yiroq deb qabul qilishdi. Ular filtrlar ortida shaxsning tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratib, ayollarning ichki dunyosi yoki aqliy salohiyatini kamsitishga moyilligini ko‘rsatgan. Aksincha, ayollar esa erkaklarning filtrlangan “go‘zal” suratlarini ko‘rganda, ularning aqllilik darajasiga shubha qilishmagan.

Filtrlar stereotiplarni mustahkamlamoqda

Bu kabi munosabatlarning zamirida jamiyatga chuqur o‘rnashib qolgan gender stereotiplari yotishi mumkin. Ayollar tashqi ko‘rinishiga ko‘proq e’tibor qaratadigan jins sifatida qabul qilinsa, erkaklar aql-zakovat va yetuklikka bog‘lanadi. Filtrlar bu mavjud stereotiplarni yanada mustahkamlab, ayollarning haqiqiy qiymatiga nisbatan noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantirishi mumkin.

Shuning bilan birga, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tashqi ko‘rinishga ortiqcha e’tibor qaratishning yomon oqibatlarini ko‘rsatadi. Filtrlar insonlarni o‘zini “ideallashtirish”ga majbur qiladi, lekin natijada odamlar o‘zlarining haqiqiy shaxsini tanitmasliklari mumkin.