$
 12892.91
34.76
 14512.26
6.98
 160.34
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga qur’a tashlandi

FIFA 2025

FIFA 2025-yildan boshlab klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini kengaytirilgan formatda o‘tkazishga qaror qilganidan xabaringiz bor. Unda ishtirok etadigan 32 ta jamoa 8 ta guruhga bo‘lib chiqildi.

Qur’a natijalari:

A guruhi: "Palmeyras" (Braziliya), "Portu" (Portugaliya), "Al Ahli" (Misr), "Inter Mayami" (AQSh)

B guruhi: PSJ (Fransiya), "Atletiko" (Ispaniya), "Botafogo" (Braziliya), "Sietl Saunders" (AQSh).

C guruhi: "Bavariya" (Germaniya), "Boka Xuniors" (Argentina), "Benfika" (Portugaliya), "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya)

D guruhi: "Flamengo" (Braziliya), "Chelsi" (Angliya), "Leon" (Meksika), "Esperans" (Tunis).

E guruhi: "River Pleyt" (Argentina), "Monterrey" (Meksika), "Inter" (Italiya), "Urava Red Daymonds" (Yaponiya).

F guruhi: "Fluminense" (Braziliya), "Borussiya" Dortmund (Germaniya), "Ulsan Xenday" (Janubiy Koreya), "Mamelodi Sandauns" (JAR).

G guruhi: "Manchester Siti" (Angliya), "Vidad" (Marokash), "Yuventus" (Italiya), "Al Ayn" (BAA).

H guruhi: "Real Madrid" (Ispaniya), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Red Bull Zalsburg" (Avstriya), "Pachuka" (Meksika).

Klublar o‘rtasidagi JCH-2025 haqida

Musobaqaga Okeaniya uchun bitta, Osiyo, Afrika va KONMEBOL mintaqalariga 4 tadan, KONMEBOLga 6 ta o‘rin ajratilgan bo‘lsa, Yevropaga 12 ta kvota berilgan. Bunda qit’alarning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida so‘nggi 3 mavsumda g‘olib chiqqan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri KO‘JCHda ishtirok etsa, qolgan o‘rinlar klublar reytingi asosida to‘ldiriladi. 

Musobaqa formati

32 jamoa qur’a yordamida 8 guruhga bo‘linadi (bir guruhda 4 tadan jamoa). Guruhda jamoalar o‘zaro bir martadan to‘qnash kelishadi. Dastlabki ikki o‘rinni egallagan klublar nimchorak final bosqichiga chiqadi. Ushbu bosqichdan boshlab finalgacha bo‘lgan yo‘l bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. Uchinchi o‘rin uchun bahs o‘tkazilmaydi.

Теги :
Jamiyat