$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

FIDE reytingi yangilandi: Oʻzbek shaxmatchilarining natijalari qanday?

Shaxmat

Jahon shaxmat federatsiyasi yanvar oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin

oldi.

Nodirbek Abdusattorov reytingi 2 ochkoga kamaygan

Reytingda Nodirbek Abdusattorov (2766) 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oyda ham shu o‘rinda qayd etilgan edi. Bu oyda uning reyting ochkolari 2 ochkoga (avvalgi oyda 2768) kamaygan.

Bundan tashqari, Javohir Sindorov 31-o‘ringa ko‘tarildi. U avvalgi oyda 37-o‘rinda edi. Sindorov reyting ochkolarini 2700 ga yetkazdi. 

Roʻyxatda Rustam Qosimjonov ham bor

Eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (2681) ham o‘rin olgan. Tajribali shaxmatchi 46-o‘rinda joylashgan. 2670 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 52-o‘rindan joy oldi. Avvalgi oyda 67-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev (2659) bu oyda 66-o‘ringa tushib ketdi.

Bir necha oy yoshlar o‘rtasidagi reytingda yetakchilik qilgan Nodirbek Abdusattorov bu yil 21 yoshga to‘lishi munosabati bilan ushbu reytingdan chiqarilgan edi. Kuchli uchlikdan o‘zbekistonlik Javohir Sindorov olgan. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Muxriddin Madaminov 32-o‘rinda joylashgan. Muhammadzoxid Suyarov esa 68-o‘rinni egallagan.

Теги :
Jamiyat