$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Fazoga parvoz: Xitoy kompaniyasi 200 ming dollarga insonlarni koinotga sayr qilishini rejalashtirmoqda

cosmotourism

Xitoy kompaniyasi 200 ming dollarga insonlarni koinotga sayr qilishini tashkillashtirmoqda. 2027-yilga rejalashtirilgan ilk parvoz uchun ikkita chipta allaqachon sotilganligi aytilmoqda.

Xususiy kosmik kompaniya

Ma’lum qilinishicha, Xitoyning xususiy fazoviy kompaniyasi — Deep Blue Aerospace fazoga sayr qilishni xohlovchilar uchun chiptalarni sotishni boshladi. Chipta narxi — 1,5 mln yuan (taxminan 210 ming dollar), deb xabar berdi South China Morning Post gazetasi.

2027-yilga rejalashtirilgan ilk parvoz uchun ikkita chipta allaqachon o‘z egasini topdi.

Parvoz 12 daqiqa davom etadi

“Suborbital fazoviy parvoz davomiyligi 12 daqiqa bo‘lib, shundan kamida 5 daqiqasida yo‘lovchilar vaznsizlikni his etishadi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida joylashgan kompaniya ilk chiptalarni 24-oktyabr kuni sotuvga qo‘ydi — Taobao platformasidagi jonli efirda ular atigi 20 daqiqa ichida xarid qilindi.

Deep Blue Aerospace chiptalari raqobatchilarnikiga nisbatan arzon hisoblanadi. Masalan, britan milliarderi Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi fazoviy chiptalarni 600 ming dollardan pullayapti.

Ma’lumot uchun, 2024-yilning 10-sentyabrida SpaceX kompaniyasi Polaris Dawn missiyasini yo‘lga qo‘ydi: besh kun davom etgan parvozda tarixda birinchi marta ikki nafar fazoviy sayyoh — milliarder Jared Ayzekman va SpaceX muhandisi Sara Jillis ochiq kosmosga chiqqandi.