$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Abbosbek Fayzullayev “Bavariya” nishonida bo‘lib turibdi

Abbos Fayzullayev

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Germaniyaning “Bavariya” klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqida jahonning bir qancha yetakchi nashrlari, jumladan, o‘zbekistonlik futbolchilarga oid muhim ma’lumotlarni ulashib boruvchi ”Championat.com” nashri ham xabar tarqatdi. Unga ko‘ra, “Bavariya” klubi Fayzullayevning SSKA hamda milliy jamoadagi o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Jarayon ijobiy yakunlanadigan bo‘lsa, futbolchimiz yozgi transferlar oynasidayoq “Bavariya” tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin. 

Dastlabki qiziqishlar

O‘tgan mavsum Rossiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan Fayzullayevga myunxenliklar o‘tgan yili qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Avvalroq, taniqli futbol agenti Anton Smirnov Abbosbek Fayzullayev yoshlar terma jamoasida o‘ynagan davridan buyon “Bavariya” klubi kuzatuvida ekanini ma’lum qilgan edi. 

Abbosbek Fayzullayev haqida

Fayzullayev 2023-yilning avgustidan buyon SSKA safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlar doirasida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi va Rossiya klubi o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.

Теги :
Jamiyat