$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Dafn marosimlariga oid bir qator an’analar taqiqlandi

Dafn marosimlari

Qirg‘iziston Bosh muftiysi dafn marosimlariga oid fatvo chiqarib, bir qator an’analarni taqiqladi.

Taqiqlangan odatlar

Qirg‘iziston Bosh muftiysi fatvosiga ko‘ra, marhumning uyida birinchi uch kun davomida qoramol so‘yish va mehmonlarga taom tortish taqiqlanadi. Shuningdek, “uch, to‘rt, yetti, yigirma, qirq” kabi turli marosimlarni o‘tkazish ham joiz emas deb topildi. Muftiylik qabrtoshlar bo‘yicha ham o‘z qarorini e’lon qilib, marhumning qabriga marmar, temir yoki granitdan yodgorlik o‘rnatish mumkin emasligini ta’kidladi. Latta tarqatish, belbog‘ taqish va maxsus kiyim kiyish kabi urf-odatlar isrofgarchilik deb topilib, qat’iyan man etildi.

“Islomda yo‘q odatlardan qancha tez qutulsak, hayotimiz shuncha yaxshilanadi”

Fatvoda yuqorida keltirilganlardan tashqari marhumni imkon qadar tezroq dafn etish shariat talabi ekani ham aytiladi. Jasadni hech qanday sabab bilan 2-3 kun ushlab turish to‘g‘ri emasligiga alohida urg‘u beriladi. “Agar puli ko‘p bo‘lsa, odamlar uni yetimlar yoki beva-bechoralarga bersin. Islomda yo‘q odatlardan qancha tez qutulsak, hayotimiz shuncha yaxshilanadi”, — degan muftiy o‘rinbosari Akimjon Ergeshov, turli e’tirozlarga javob qaytarib.

Теги :
Jamiyat