$
 12140.91
17.53
 14053.10
-41.54
 149.41
0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston pavilioni “EXPO 2025”da oltin medalga sazovor bo‘ldi: Bu nima beradi?

O‘zbekiston pavilioni, Osaka, EXPO2025

2025-yil 12-oktyabr kuni Osaka shahridagi EXPO Hall “Shining Hat” pavilionida “EXPO 2025” Osaka, Kansai ko‘rgazmasining yopilishi arafasida Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi (BIE)ning mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oliy mukofot – oltin medal

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston pavilioni 1500 м² gacha maydonga ega pavilionlar orasida “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oliy mukofot – oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Maszkur qaror 2025-yil 21-may kuni pavilionga tashrif buyurgan 9 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan qabul qilindi.

Mukofotlar besh turdagi pavilionlar orasida uchta asosiy yo‘nalish – “Me’morchilik va landshaft”, “Ekspozitsiya dizayni” va “Mavzuning ochib berilishi” bo‘yicha taqdim etildi.

Mukofot nima beradi?

Xalqaro ko‘rgazmalar byurosining (BIE – Bureau International des Expositions) mukofoti Butunjahon ko‘rgazmalarida beriladigan eng nufuzli mukofotlaridan biridir. U rasmiy ishtirokchilarning yuksak mahorati va ijodkorligini e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan bo‘lib, “EXPO” mavzusi va qadriyatlarini eng yaxshi aks ettirgan pavilionlarga taqdim etiladi.

Mukofotlar “BIE Day Ceremony” marosimi davomida topshiriladi, ularning g‘oliblari esa har bir pavilionning arxitekturasi, mazmuni, innovatsiyalari, tashrif buyuruvchilarning taassurotlari va barqaror rivojlanishiga qo‘shgan hissasini baholaydigan xalqaro mustaqil ekspertlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.

Mukofotlar bir nechta toifalarda, jumladan, “Arxitektura va landshaft”, “Ekspozitsiya dizayni va mavzuning yoritilishi”, shuningdek, barqaror rivojlanish tashabbuslari toifalari bo‘yicha munosib deb topiladi.

BIE mukofotiga sazovor bo‘lish mamlakatning madaniy qarashlari, ijodiy salohiyati va Butunjahon ko‘rgazmasi platformasi orqali global muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasining xalqaro e’tirofini anglatadi.

Теги :
Jamiyat