$
 12031.25
-62.1
 13764.95
-102.49
 153.24
-1.98
weather
+26
Кечаси   +14°

Eron Oliy rahnamosi ko‘rinish bermay qo‘ydi: u qachon qaytadi?

Mojtaba

Eron Oliy rahnamosi Mojtaba Xomanaiy AQSh va Isroil bilan urush yakunlanib, mamlakatdagi vaziyat to‘liq barqarorlashgunga qadar omma oldiga chiqmaydi. Bu haqda Erodagi manbasiga tayanib TASS agentligi xabar berdi.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qaror faqatgina xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan. Rasmiylar tahdid darajasi pasaygandan keyingina ommaviy tadbirlarni o‘tkazish mumkin deb hisoblamoqda.

Ilk chiqish vaziyat barqarorlashganidan keyin bo‘ladi

Manbaning ta’kidlashicha, vaziyat iziga tushgach, Xomanaiy yana ommaviy faoliyatiga qaytadi va xalqqa murojaat bilan chiqadi.

Shuningdek, uning xalqaro maydondagi ilk aloqasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqoti yoki yuzma-yuz uchrashuv bo‘lishi ham istisno etilmayapti.

Mojaro qanday rivojlangan edi?

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy harakatlar joriy yilning 28-fevralida boshlangan edi. Aviazarbalar oqibatida Eronning sobiq Oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xomanaiy hamda mamlakat rahbariyatining bir qator yuqori martabali vakillari halok bo‘lgani aytiladi.

Iyun oyida Vashington va Tehron barcha yo‘nalishlarda, jumladan, Livanda ham o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Shundan so‘ng tomonlar Qatar va Pokiston vositachiligida Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida muzokaralar o‘tkazdi.

Sulh uzoqqa cho‘zilmadi

Biroq ko‘p o‘tmay, 8-iyul kuni AQSh Tehronni erishilgan kelishuvlarni, xususan, Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha majburiyatlarni buzganlikda ayblab, Eronga yana keng ko‘lamli havo zarbalarini bera boshladi.

Bunga javoban Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqai Tehron memorandum shartlarini buzmaganini, kelishuvlarning barbod bo‘lishi uchun butun mas’uliyat Vashington zimmasiga tushishini ma’lum qildi.

Теги :
Jamiyat