$
 12169.41
36.93
 14359.90
-0.1
 158.95
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Sukut saqlash evaziga 35 million dollar? Epshteyn vorisi jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi

Amerikalik milliarder Jeffri Epshteyn ishi atrofidagi mojarolar yangi bosqichga ko‘tarildi. Uning huquqiy vorisi va ikki nafar sobiq hammaslagi 40 nafarga yaqin jabrlanuvchiga 35 million dollargacha kompensatsiya to‘lashga rozilik berdi. Bu haqda 20-fevral kuni Bloomberg agentligi xabar tarqatdi.

Gap AQShda so‘nggi yillarning eng shov-shuvli jarayonlaridan biri — voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish ishi bo‘yicha jabrlanganlar haqida bormoqda.

Da’volarni uzil-kesil yopishga urinish

Manbalarning ma’lum qilishicha, yangi kelishuv qolgan barcha fuqarolik da’volarini tartibga solishga qaratilgan. Mazkur hujjat endilikda Nyu-York shtati sudi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu ish doirasida 136 nafar da’vogarga 121 million dollar to‘lab berilgan edi. Yangi ajratilayotgan 35 million dollar moliyaviy hisob-kitoblarning davomi bo‘lib, u qolgan barcha nizolarga nuqta qo‘yishi kutilmoqda.

Oshkor qilingan 3,5 million sahifalik materiallar

2026-yilning yanvar oyida AQSh Bosh prokurori o‘rinbosari Todd Blansh Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarni ochiqlash jarayoni yakunlanganini ma’lum qildi.

E’lon qilingan hujjatlarning umumiy hajmi 3,5 million sahifadan oshib ketdi. Materiallar ko‘lami tergov tafsilotlari va uning ishtirokchilariga nisbatan jamoatchilik e’tiborini qayta uyg‘otdi.

Kameradagi o‘lim va yakunlanmagan tarix

Jeffri Epshteyn 2019-yilda voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblanib hibsga olingan edi. O‘sha yilning iyul oyida u tergov izolyatoridagi kamerasida o‘lik holda topilgan.

Tergov uning o‘limini o‘z joniga qasd qilish deb baholagan. Shunga qaramay, mazkur ish atrofidagi ijtimoiy bahslar tinchigani yo‘q, uning vafotidan yillar o‘tib ham sud va moliyaviy oqibatlar davom etmoqda.

Теги :
Jamiyat