$
 12220.98
-54.6
 14495.30
-96.68
 158.38
-0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Epshteynga aloqador yana 300 dan ortiq mashhurning ismi ochiqlandi

epshteyn

AQSH Bosh prokurori Pem Bondi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda tilga olingan 300 nafar mashhur shaxs va siyosatchi ismidan iborat ro‘yxatni e’lon qildi. Gap Jeffri Epshteynga qarshi voyaga yetmaganlar bilan jinsiy savdo ayblovlari bo‘yicha tergov materiallari haqida ketmoqda. Bondining aytishicha, 2025-yilning 19-dekabrida belgilangan muddatga muvofiq, ishga doir barcha hujjatlarni oshkor qilish jarayoni to‘liq yakunlangan.

Kimlar bor?

Ro‘yxatga qator mashhur siyosiy va jamoat arboblari kiritilgani aytilmoqda. Ular orasida:

Bill Klinton va Xillari Klinton;

Barak Obama va Mishel Obama;

Kamala Xarris;

Jo Bayden;

Prins Garri;

Bill Geyts;

Vudi Allen;

Mark Sukerberg;

Beyonse kabi shaxslar bor.

Shu bilan birga, avvalroq Bondi federal xizmatlarni ishga doir minglab sahifalarni yashirib kelayotganlikda ayblagan va idora rahbariyatiga yo‘llagan maktubida o‘ziga to‘liq arxiv o‘rniga atigi 200 sahifa taqdim etilganini bildirgan.

Epshteyn ishiga doir sud hujjatlari 2019–2024-yillar davomida bosqichma-bosqich maxfiylikdan chiqarilgan. 2025-yilda esa materiallar bir necha marta ommaviylashtirilgan. 19-dekabr kuni AQSH Adliya vazirligi tomonidan federal tergovga oid qolgan barcha materiallar e’lon qilingani, ular 3 milliondan ortiq sahifa hujjat, 2 mingdan ziyod videomaterial va 180 mingga yaqin fotosuratni o‘z ichiga olgani aytilgan.

Qayd etish joiz, ro‘yxatda ismning qayd etilgani shaxsning aybdor ekanini anglatmaydi – bu faqat tergov materiallarida tilga olingan shaxslar ro‘yxati ekani ta’kidlanmoqda.

Теги :
Jamiyat