$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Sabr kosasining to‘lishi: Enter Engineering xodimlari g‘alayon ko‘tardi

enter engineering

Avvalroq, Enter Engineering xodimlari noyabr oyidan buyon oylik ola olmayotgani haqida xabar bergan edik. Kompaniya va xodimlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasida oylik maosh 45 kungacha kechikishi mumkin deyilgan. Lekin 6 oydirki, vaziyat hamon o‘nglanmadi. Shuning uchun ishchilar yana g‘alayon ko‘tardi.

Kompaniyadan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi Enter Engineering kompaniyasi ishchilari uzoq vaqtdan beri oylik berilmaganini aytib, norozilik bildirgani aks etgan video ortidan kompaniya rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kompaniya xodimlarining ish haqi bevosita buyurtmachi oldida bajarilgan ish hajmini muvaffaqiyatli asoslab berilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda xodimlarning fevral oyi uchun maoshlari to‘liq to‘lab berilgan.

"Ayni vaqtda mart oyi uchun hajmlarni asoslash jarayoni ketmoqda, ularning yakuniga ko‘ra, butun ish haqi to‘lab beriladi. Ya’ni shunday tartib borki, unga ko‘ra, avvaliga qurilish obyektlarida oldingi oyda bajarilgan ishlar hajmi buyurtmachi oldida himoyalanishi kerak. Aynan himoya qilingan hajmlar ish haqini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. So‘ngra soliqlarni hisoblash va hisobotlarni topshirish, shuningdek, xodimlarga to‘liq maosh berish jarayonlari sodir bo‘ladi", deyiladi munosabatda.

Muammolarni hal qilish uchun vaqt kerak

Unga ko‘ra, muammolarni hal qilish uchun vaqt talab qilinadi. Ayni vaqtda Enter Engineering kompaniyasida xodimlarga mart oyi uchun ish haqini to‘lash jarayoni ketayotgani qo‘shimcha qilingan. 

"Bu birinchi navbatda, qurilish kompaniyasining o‘zi, qolaversa, sifat nazorati xizmatlari va buyurtmachining mustaqil texnik nazorati xizmatlari tomonidan tekshirilishi kerak bo‘lgan qurilish ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq", deyiladi manbada.

Xodimlar rahbariyatni yolg‘onchilikda ayblamoqda

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ba’zi videolar uch yil oldingi feyk video hisoblanishi bildirilgan. Kompaniya ham, buyurtmachilar ham xodimlari oldidagi barcha majburiyatlarni bajarib kelayotganini urg‘ulagan.

Biroq kompaniyaning ko‘p sonli xodimlari rahbariyatni yolg‘onchilikda ayblashda davom etmoqda.