$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

"O‘z yurtimizda qul bo‘ldik": Enter Engineering xodimlariga 4 oydan buyon maosh bermayapti

меҳнат миграцияси

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Enter Engineering xodimlari norozilik namoyishga chiqqani aks etgan video tasvirlar tarqaldi.

Xabarlarga ko‘ra, xodimlar noyabr oyidan buyon oylik ola olmayapti.

Mojoro to‘rt oy avval boshlangan

Ishchilar ilk bor noyabr oyida arz qilgan.

— Sentyabr oyidagi maoshimizni ham olganimiz yo‘q. Hali oktyabr oyi turibdi. Oylik ikki yarim, uch oygacha kechikyapti, — degan edi o‘shanda shaxsi sir qolishini so‘ragan murojaatchi. 

O‘shanda xodimlar ismini oshkor etmagan, negaki, shikoyatchi kimligi aniqlansa, rahbariyat uni ishdan bo‘shatadi. Va xodimning ishsiz qolish ehtimoli katta. Shu sabab ular muammoni baralla aytishdan qo‘rqadi.

Shuningdek, ishchilar tashkilot xorijdan kelgan xodimlarga maoshini berayotganini, faqat o‘zbeklarning maoshi kechiktirilayotganini aytgan.

"Bu tashkilot rahbarlari ishchilarini o‘ylamaydi. Qancha odam kasal, oilasi bor, lekin puli yo‘q. Mening ham kreditlarim bor. To‘lay olmayapman. Chet eldan kelgan ishchilarga o‘z vaqtida oylik berishadi. Masalan, turklar, qozoqlar va hindlar o‘z vaqtida maoshini oladi. Ularda bunday muammo yo‘q. Biz o‘zimizning yurtimizda qul bo‘ldik. Sizlardan iltimos, shu masalada yordam bering"— degan bu haqda gapirgan ishchi.

Ishchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, kompaniyada faoliyat yurituvchi 50 ming nafar xodim maoshini o‘z vaqtida ololmagan.

Xohlasangiz ishlang, xohlamasangiz o‘zingiz bilasiz

Shundan so‘ng muammoga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ham e’tibor qaratgan edi. 28 noyabr kuni esa mas’ullar xodimlar bilan uchrashib, vaziyatni izohlagan.

Kompaniyaning uch nafar mas’uli bilan suhbatlashgan ishchilarning aytishicha, ishchilar maoshi kechikishiga tayyor bo‘lgan ob’yektni qabul qilmayotgan va bajarilgan ish uchun pul to‘lamagan Olmaliq kon-metallurgiya zavodini aybdor qilib ko‘rsatgan. 

Rahbariyati bilan ko‘rishgan ishchilar kompaniya mas’ullari ishchilarga xohlasangiz ishlang, xohlamasangiz o‘zingiz bilasiz, degan mazmunda bildirish qilgan. 

Eski hammom, eski tos

Kompaniya va xodimlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasida oylik maosh 45 kungacha kechikishi mumkin deyilgan. Lekin minglab ishchilar to‘rt oydirki, maosh olmayapti, vaziyat o‘sha-o‘sha. 

Eng qizig‘i, bu muammoni biror mas’ul tashkilot chuqurroq o‘rganmayapti. Ishchilar dolini kimga aytishni bilmay hayron.