$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda gaz va neft qazib olish hajmi qisqarmoqda

Gaz va neft

Joriy yilning yanvar oyidan iyul oyigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 1 milliard 316 million kub metrga (4,8 foizga) qisqargan. 

Qisqarish davom etmoqda

Statistika agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, o‘tgan yetti oy ichida respublikada qazib olingan gaz hajmi 26 milliard 151 million 400 ming kub metrga teng bo‘lgan, vaholanki o‘tgan yilning shu davrida 27 milliard 467 million 800 ming kub metr gaz qazib olingan. Agentlik hisobotiga e’tibor qaratgan Kun.uz nashri mamlakatda gaz ishlab chiqarish oylar parallelida ham kamayib borganini ko‘rsatib o‘tadi. Nashr 2022-yilda ham gaz qazib olish 53,8 milliard kub metrdan 51,67 milliard kub metrgacha yoki 4 foizga, 2023-yilda esa 51,67 milliard kub metrdan 46,71 milliard kub metrgacha yoki 9,6 foizga qisqarganini eslatadi.

Import va eksport hajmi ortmoqda

Avvalroq saytimiz orqali e’lon qilingan maqolada gaz qazib olishning qisqarib borishi manzarasida mamlakatga import qilinayotgan gaz hajmi ortib borayotgani, xususan, yanvar-iyun oylarida 984 million dollarlik gaz sotib olingani, bu esa 2023-yilning shu davrida import qilingan gaz uchun to‘langan puldan 5 baravar ko‘pligini qayd etgani ma’lum qilingandi. O‘z navbatida umumiy davr uchun gaz eksporti 5,6 foizga yoki 323 mln dollargacha qisqargan. Ammo oxirgi oylarda gaz sotish hajmi oshib boryapti. Xususan, birgina iyun-iyul oyida 263 mln dollarlik gaz eksport qilingan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda neft qazib olish hajmi ham qisqargan. Joriy yilning 7 oyida gaz qazib olish 4,8 foizga qisqargan bo‘lsa, elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,5 foizga, neft qazib olish esa 6,8 foizga qisqargan.

Теги :
Iqtisodiyot